So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

"Andijon"ning eng yaxshi futbolchilari, ro'zador o'yinchilar uchun qulayliklar, taktik o'zgarishdan keyingi gol - Mikael Sekeyra ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Andijon"ning eng yaxshi futbolchilari, ro'zador o'yinchilar uchun qulayliklar, taktik o'zgarishdan keyingi gol - Mikael Sekeyra ishtirokidagi matbuot anjumani

O'zbekiston Kubogining 1-turi doirasida "Andijon" maydonidagi g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- CHiroyli yutuq bo'ldi. 3 kungina oldin "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda qatnashgandik. SHu boisdan dam olishga vaqt bo'layotgani yo'q. Tarkibimizda ro'zador futbolchilar juda ko'p. Ularning tiklanish jarayonini ham o'tkaza olmadik. SHunga qaramasdan ular maydonda bor kuchi bilan o'ynab, g'alabani qo'lga kiritish uchun intilishdi. O'yinda yutish juda katta ahamiyatga ega edi va ular bunga erishishdi.

- O'yin yaxshi bo'ldi. Maydonning chimi haqida qanday fikrdasiz?
- Maydon yaxshi holatda. CHimning holati menga yoqdi. Stadion ham chiroyli ekan. O'z navbatida muxlislik ham alo darajada. Andijon shahri bizni yaxshi qabul qilganidan minnatdorman. Bugungi g'alabadan xursandman. Fursatdan foydalanib, "Lokomotiv" futbolchilarini g'alaba bilan tabriklab qolaman. Qiyinchiliklarga qaramasdan ular barcha to'siqlarni engib o'ta olishmoqda.

- Bilamiz, "Lokomotiv" futbolchilarining katta qismi ro'zador hisoblanadi. Evropadan kelgan mutaxassis uchun ushbu holat qanchalik tasir qilmoqda? Bu jarayon uning rejalarini o'zgartiryaptimi?
- Oldingi ish joyim orqali Ramazon oyi haqida to'liq malumotga ega bo'lganman. Odatda bunday paytlarda futbolchilarga 2-3 kun dam berilardi. SHunga qaramasdan shogirdlarim o'zini ko'rsatayotganidan xursand bo'lyapman. Biroq baribir futbolchilar dam olishi kerak. O'z navbatida o'yin boshlanish vaqti ham biroz kechroq bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ro'zador futbolchilar uchun o'yinlarning 16:00 yoki 16:30da boshlanishi biroz qiyinchilik tug'diradi. 

- "Lokomotiv" ushbu mavsumda 9ta gol o'tkazib yubordi. Bu himoyachilarning o'yini hali yo'lga qo'yib olinmaganidanmi?
- Bizning ish jarayonimiz davom etmoqda. Bugun ham penaltidan gol qo'yib yubordik. Menimcha, penalti bahsli vaziyatda qo'yildi.

- Goldan keyin beshinchi himoyachi o'yinga tushirildi. Siz raqibdan xavfsiradingizmi?
- Bu himoyaviy o'yin uchun emasdi. Uchinchi markaziy himoyachi orqali ikki qanot himoyachilarini oldinga chiqarishni niyat qilgandik. Ko'rganingizdek, o'zgarish qo'l berdi va SHuhrat Muhammadiev gol urishga erishdi. Biz 4-3-3 sxemasini ko'proq tanlayapmiz. SHu boisdan vaqtimizni himoyada o'tkazishni istamaymiz. O'z navbatida SHuhrat ham kerakli joyda paydo bo'lganini takidlash joiz. Agarda biz himoyaviy o'yin ko'rsatishimiz kerak bo'lganida SHuhrat Muhammadiev hamda Hurshid Muxtorov hujumga chiqmasdi.

- "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolayotganingizda o'zbek futboli haqida qanchalik tasavvurga ega bo'lgansiz va o'tgan 6 turdan keyin taasurrotlar qanday?
- "Lokomotiv" oldingidan ko'ra o'zini yaxshiroq ko'rsata olmoqda. Faqatgina ishlash orqali o'tgan mavsumlarni esdan chiqarib, katta natijalarga erishishimiz kerak bo'ladi. Navbatdagi o'yin "Turon"ga qarshi bo'ladi. Qiyin uchrashuv bo'lishini taxmin qilyapman. "Andijon" futbolchilarini ham tabriklab qolaman. Ular ham yaxshi o'yin namoyish qilishdi. Hali milliy chempionatda ham bu stadionga tashrif buyuramiz.

- "Andijon"ning qaysi futbolchisining o'yini sizga yoqdi?
- Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan 10-raqamli futbolchi, shuningdek, jamoa sardori ham yaxshi futbolchi ekan. "Andijon"ning butun kollektivi ajoyib holatda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика