So’nggi yangiliklar

18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  11

"Andijon"ni yuqori o'rinlarda tark etmaganim armonim bo'lib qoldi". Doniyor Abdumannopov "Energetik-BGU"ga o'tishi, nimadan xotirjam bo'layotgani va muxlislar haqida Yangiliklar

"Andijon"ni yuqori o'rinlarda tark etmaganim armonim bo'lib qoldi". Doniyor Abdumannopov "Energetik-BGU"ga o'tishi, nimadan xotirjam bo'layotgani va muxlislar haqida

Xabaringiz bor, "Andijon" jamoasining etakchilaridan biri Doniyor Abdumannopov Belarus chempionati vakili bo'lgan "Energetik-BGU" jamoasiga yo'l oldi.

O'tgan davr mobaynida andijonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylangan futbolchi endilikda faoliyatini legioner sifatida xorijda davom ettiradi. "Energetik-BGU" ko'plab futbolchilarimizga o'zini ko'rsatishi va kuchli jamoalarga yo'l olishi uchun ajoyib tramplin vazifasini o'tab bermoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. O'tgan mavsum Jasur Yaxshiboev va SHohboz Umarovning ushbu jamoadagi yorqin o'yinlari orqali mahalliy mutaxassislar va muxlislarning hamyurtlarimizga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi. Ayni paytda Bobir Abdixoliqov va SHahzod Ubaydullaev mazkur klubda to'p tepmoqda. Endilikda ularning safiga Doniyor Abdumannopov ham qo'shildi. Biz bu borada Abdumannopovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Andijon"ga kelgan dastlabki mavsumingizda hali tanilib ulgurmagandingiz. Ortda qolgan vaqt ichida o'zingizning ajoyib o'yinlaringiz bilan muxlislarning ishonchini qozondingiz. Futbolchi uchun bundan ortiq baxt bo'lmasligi tayin. Jamoani tark eta turib ortga nazar tashlab qanday xulosalarga keldingiz?

- "Andijon"dagi faoliyatimdan ko'nglim to'ldi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Muxlislar qalbidan joy olganimdan baxtiyorman. O'tgan fursat davomida jamoa bilan Pro ligada, Superligada o'ynadik. Ko'plab murabbiylar bilan birga ishladik. Ularning har biridan o'zim uchun nimadir yangi narsa o'rgandim. Orada rahbariyat o'zgardi. Umuman olganda bu jamoa menga ko'p narsani berdi. 

- Klub bilan ikki yil jon saqlash yo'lida kurashdingiz. Bundan afsuslangan paytlaringiz bo'ldimi? 

- Bazida yutadigan yoki ochko oladigan o'yinlarimizda mag'lubiyatga uchraganimiz alam qildi. Balki shunday holatlarda afsuslangan bo'lishim mumkin. Lekin "Andijon"da o'ynaganimdan xursandman. Faqat jamoani yuqori o'rinlarda tark etmaganim armonim bo'ldi. 

- Omma orasida Doniyor Abdumannopov jamoani maosh kamligi uchun tark etdi, degan fikrlar ham yuzaga kelishi mumkin. "Andijon"dan ketishingizning asl sababi nimada?

- Bu maoshga bog'liq emas. Men faqat o'sishim kerak. Xudo xohlasa kuchli beshlik chempionatlarida o'ynash niyatim bor. Bor sababi shu. 

- Sizga qishda bir qator xorij jamoalari hususan Belarus chempionatidan ham takliflar bor edi. Joriy yil yozda esa o'zimizdan "Paxtakor" xizmatingizga qiziqish bildirgandi. Yakuniy qarorga kelish qanday bo'ldi?

- "Energetik-BGU" taklifi anchadan beri bor edi. U erda kuchli murabbiylar faoliyat olib boradi. O'sishimga katta turtki berishadi, deb o'ylayman. Qolaversa Evropa eshiklarini ochishim uchun ham Belarus klubi variantida to'xtaldik. 

- "Andijon" Superligada qolishga qanchalik qodir? 

- Men bu tomondan hotirjamman. "Andijon" Superligada qoladi. Fursatdan foydalanib jamoadagi futbolchilar, rahbariyat va muxlislarga hammaga minnatdorchilik bildiraman. SHu oilaning azosi bo'lib qolishimni, hamisha g'alabalar yor bo'lishini tilab qolaman. 

- "Energetik-BGU" bilan shartnomangiz qachongacha mo'ljallangan? Klub sizni sotib oldimi ? Boisi "Andijon" bilan shartnomangiz bor edi...

- Garchi shartnomam bo'lsada, o'sishim uchun klub rahbariyati qarshilik ko'rsatmadi. Kuchli klubga yo'l olishimga rozi bo'lishdi. Buning uchun rahmat aytaman. "Energetik-BGU" bilan shartnomam joriy yil yakunigacha mo'ljallangan.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика