So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Andijonliklar Qirg'iz Respublikasida chempion bo'ldi Yangiliklar

Andijonliklar Qirg'iz Respublikasida chempion bo'ldi

Xabaringiz bor, oxirgi yillarda O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi futboli o'zaro hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, 13-14 dekabr kunlari Qirg'iz Respublikasining O'sh shahrida sportning futzal turi bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida xalqaro musobaqa o'tkazildi. 

Unda O'zbekistondan Andijon shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Farg'ona viloyati futzal jamoalari ishtirok etdi. 

Qiziqarli va murosasiz o'tgan mazkur musobaqada yakunda andijonlik yosh futzalchilar chempionlikni qo'lga kiritdi. 

Murabbiy Ahrorbek Iminov boshchiligidagi Andijon shahar OMSTBDIMI-2009 jamoasi finalda Jalolobod jamoasi yoshlarini 6:0 hisobida mag'lub etdi. 

Turnir tashkilotchilari andijonlik yoshlardan Nizomiddin Ziyoxiddinov bilan Asadullo Rahimovni o'z ampulasi bo'yicha eng yaxshilar qatorida alohida etirof etib, maxsus sovrin bilan taqdirladi. 

Mazkur musobaqadan so'ng g'olib jamoa bosh murabbiyi Ahrorbek Iminovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Albatta, mazkur musobaqa biz uchun juda ham foydali bo'ldi. O'tgan yili ham ushbu turnirda ishtirok etgandik. Musobaqa saviyasi yomon emas. Asosiysi, qo'l ostimizdagi yosh futbolchilarning xalqaro tajriba oshirishi hamda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi edi. Bellashuvlar biz uchun oson o'tmadi. SHogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim. Ular berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qildi. Yakunda musobaqa g'olibiga aylandik. Albatta, bu natija ham bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Turnir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, dedi Iminov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика