So’nggi yangiliklar

11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  4 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  12

"Andijon"ga Meksika terma jamoasi azosi kelib qo'shiladi. U "Everton"da o'ynagan Yangiliklar

"Andijon"ga Meksika terma jamoasi azosi kelib qo'shiladi. U "Everton"da o'ynagan

"Andijon" jamoasi transferlar oynasi yopilishiga oz fursat qolganda yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib oladi.

Tez orada jamoaga meksikalik futbolchi Marko Bueno keladi. 

Bueno Meksikaning "Pachuka" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yilda futbolchi ijara asosida "Leon" jamoasiga o'tadi. 

2011 yilning yozida Marko "Pachuka" jamoasiga qaytadi va 9-oktyabr sanasida "Xaguraes" jamoasiga qarshi Meksika chempionatida debyut uchrashuvini o'tkazadi. 2012 yilning 15 yanvar sanasida "Puebla" jamoasiga qarshi uchrashuvda Bueno o'zining ilk golini kiritadi va ushbu o'yinda dubl qayd etadi. Ushbu yilda Pablo Buenoga Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi qiziqib qoladi. 

2014 yilning boshlarida o'yin amaliyoti bo'lishi uchun ijara asosida Bueno "Estudiantes" jamoasiga o'tadi. Futbolchi ushbu jamoada 20 o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishadi. SHundan so'ng futbolchi "Toluka" jamoasiga ijaraga beriladi. 

2016 yilda futbolchi sobiq jamoasi "Leon"ga qaytadi. SHundan so'ng Marko Bueno 3 yil mobaynida "Gvadalarxa", "Monterrey", va CHilining "Everton" jamoalarida ijara asosida to'p surgan. Futbolchining so'nggi jamoasi Finlyandiyaning XIK jamoasi hisoblanadi. 

Marko Bueno Meksika terma jamoasining turli yoshdagi terma jamoalarida to'p tepgan. 2011 yilda Marko Bueno Meksika U17 terma jamoasi bilan birgalikda jahon chempioniga aylangan. 

2015 yilda Marko Bueno Meksika terma jamoasida AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini o'tkazadi. Ushbu yilda Meksika olimpiya terma jamoasi bilan Kanadada bo'lib o'tgan Panamerika kubogida kumush medallarini qo'lga kiritgan. 

2016 yildagi Rioda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida Meksika terma jamoasi bilan ishtirok etgan.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика