So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Andijondagi "Paxtakor" - 79 xotira turniri yakuniga etdi Yangiliklar

Andijondagi "Paxtakor" - 79 xotira turniri yakuniga etdi

Andijonning "Piyozpoya" tumanida joylashgan "BFC Asia" jamoasi va "Championat.asia" sayti hamkorligida o'tkazilgan "Paxtakor" - 79 xotira turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kunida qo'shni guruhdagi jamoalar o'zaro kuch sinashdilar. Bizda aniq bir g'olib yo'q, barcha g'olib. 8ta jamoaning barchasiga bir xildagi medallar, bir xildagi diplomlar taqdim etildi.

Turnirning so'nggi kunida "Bunyodkor", "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari g'alaba qozondilar. Tungi bahsdan o'rin olgan "BFC Asia" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qilish uchun juda ko'plab muxlislar tashrif buyurdilar. Aynan shu o'yin turnirning eng zo'r uchrashuvlaridan biri bo'ldi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.

Unda farg'onaliklar 1:0 hisobida ortda borayotib, 3ta gol urib g'alaba qozonib ketdilar. Ikki jamoa azolari ham muxlislar olqishiga sazovor bo'ldilar.

"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 3:4

"CHelano" - "BFC Asia- 2"  2:2

"BFC Asia" - 1 - "Neftchi" 1:3

"Navbahor" - "Andijon" 8:0

Turnirning yopilish marosimida, "Andijon" klubining sobiq hujumchisi, Baxtiyor Hamidullaev ishtirok etdi. SHuningdek, Andijon VFF vakillari ham yopilish marosimiga o'zlarining sovg'alari bilan kelishgani bizni quvontirdi. Ulardan tashqari "Futbol Ekspress" gazetasi ham o'zining amaliy hamda moddiy yordamini ayamadi. Buning uchun barchaga rahmat aytamiz. Musobaqani tashkil etishda esa, eng katta ishni "BFC Asia" jamoasi vakillari va homiylari bajarishdi!






Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика