So’nggi yangiliklar

15:25Breaking! Зидан Туркия клуби таклифини тинглашга қарор қилди  3 15:07U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистоннинг Канадага қарши таркиби маълум!  0 14:43Флик "Райо Вальекано" билан ўйиндан кейин "Барселона" футболчиларини кийиниш хонасига қамаб қўйди  2 14:15"Барселона" Рэшфордни МЮга қайтариш ҳақида ўйлаб қолди  6 13:46Суарес "Сиэтл" ходимига тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  10 13:19"Ал Иттиҳод" португалиялик ёш футболчини 30 млн евродан ошиққа харид қилди  2 12:51"Челси" собиқ футболчиси "Гремио"га ўтди  1 12:22Бразилияда ғавғо: "Фламенго" юлдузи пул тикканликда айбланиб дисквалификация қилинди  1 11:54Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧда омад ёр бўлишини тилади  7 11:27Кечаги учрашувдан сўнг Жоэль Кожо ўз фикрларини билдириб ўтди  27 10:59ПСЖ бош мураббийи жиддий жароҳат олди  3 10:32Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди  9 10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  1 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  1 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  3

Andijonda xotira turniri bo'lib o'tdi FOTO Yangiliklar

Andijonda xotira turniri bo'lib o'tdi FOTO

Kecha Andijon shahrida faxriylar o'rtasida xotira turniri bo'lib o'tdi.

Marhum sobiq hakamlar Azimjon Ahmedov, SHavkatbek Rahimov va Alijon Marajabov xotirasiga bag'ishlangan turnirda jami beshta jamoa ishtirok etdi. “Andijon-1”, “Andijon-2”, “SHahrixon”, “Uchko'prik”, “Namangan” faxriylar jamoasi g'oliblik uchun kurash olib bordi. Bu kabi turnirlarda qaysidir jamoani g'olib chiqishi muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiysi eski qadrdonlar turnir bahona bir-biri bilan uchrashib, diydorlashishdir. Andijondagi turnirda ham shu kabi xolatni ko'rish mumkin edi. Ilgari maydonda birga yonma-yon xarakat qilganlar shu kuni turnirda uchrashdi.

Har bir faxriy jamoasi g'alaba ilinjida astoydil xarakat qilganini payqash qiyin emasdi. Ayniqsa Namangandan kelgan charm to'p ustalari bir-birini maydonda so'zsiz tushunishlari oqibatida finalga qadar etib bordi va yakunda turnir g'olibi bo'ldi. Andijonliklar tarkibida esa o'ziga yarasha yo'qotishlar mavjud edi. SHu bois ular ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin esa “SHahrixon” jamoasiga nasib etdi.

Darvoqe, “Namangan” va “Andijon-1” jamoalari ishtirokidagi final o'yinini taniqli sobiq hakamlar, Muhammadqosim To'xtasinov bilan Islomjon Rahimov boshqarib bordi.

Albatta faxriylar o'rtasidagi har bir o'yin qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarza kechdi. Xattoki turnirga taklif etilgan tez tibbiy yordam xodimlariga ham bazida ish topilib turgani etiborimizni tortdi.

Sobiq futbolchi Rafael Muslimovga qarashli bo'lgan suniy maydonda, mezbonlar tomonidan ishtirokchilarga barcha sharoitlar yaratib berilganini ham etirof etib o'tish joizdir.

Xotira turnirining yakuniy qismida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Tadbir yakunida Andijon viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Alisher Uzoqov so'z olib, ishtirokchi jamoalarga o'z minnatdorchiligini bildirib, marhumlarning oxirati obod bo'lishini tiladi.

SHundan so'ng mezbonlar tomonidan choyxonada ishtirokchilarga ziyofat dasturxoni yozilib, mehmondo'stlik ko'rsatildi.

Namangan faxriylar jamoasi


SHahrixon faxriylar jamoasi


Uchko'prik faxriylar jamoasi


Andijon-2 faxriylar jamoasi



AFF birinchi vice prezidenti Alisher Uzoqov Namangan jamoasini taqdirlamoqda


Namangan faxriylar jamoasidan Alijon Marajabovning farzandi Anvar Marajabovga sovg'a


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика