So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  3 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

Andijonda Marajabov xotirasiga bag'ishlab uchrashuv tashkil etildi Yangiliklar

Andijonda Marajabov xotirasiga bag'ishlab uchrashuv tashkil etildi

Kuni-kecha Andijon shahrida xotira uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Andijanka” jamoasi tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur uchrashuv Rafael Muslimov boshchilik qilayotgan futbol maktabining suniy maydonida tashkil etildi. U andijonlik marhum hakam Alijon Marajabovning xotirasiga bag'ishlandi. O'z vaqtida oliy liga va O'zbekiston kubogi o'yinlarida hakamlik qilgan Marajabovning yaqinlari va Andijon faxriylar jamoasi azolari ushbu bahsga tashrif buyurib, Alijon akani yana bir yodga oldi. 


Maruf Abdusalomov boshqaruvidagi “Andijanka” ayollar jamoasi ham ushbu turnirning bevosita ishtirokchisiga aylandi. Uchrashuvda “Andijanka” qizlari “Andijon” faxriylariga qarshi bahs olib bordi. “Andijon” faxriylar jamoasidan Farhod Qodirov, Xayrullo Tojiboev, Orif Mamatkazin, Muhammadjon Ibragimov, Rafael Muslimov, SHerzod So'fiev hamda Botir Yo'ldoshev kabi sobiq futbolchilar xarakat qilishdi. Uchrashuvni taniqli murabbiy Valisher Normatov boshqarib bordi. Qiziqarli va murosasiz ruh ostida kechgan bahsda jangavor durang - 4:4 hisobi qayd etildi.  

Ushbu o'yindan so'ng “Andijanka” vice-prezidenti Abdusalomovning fikrlari quyidagicha bo'ldi: - Rahmatli Alijon aka Marajabov hayotda o'zidan yaxshi nom qoldirib ketdi. Hamma bilan bir hil samimiy munosabatda bo'lgan. Insonliygi shaxsan menga yoqardi. O'z ishining fidoiysi edi. So'nggi paytlarda viloyatning faxriylar jamoasiga boshchilik qilib kelayotgandi. “Andijon” jamoasida ham faoliyat boshlaganimdan so'ng ish yanada ko'paydi. Bazan vaqt kamlik qilayotgandek tuyulmoqda. Lekin Alijon akani xotirlab, uchrashuv tashkil etishni anchadan beri rejalashtirib yurgandik. Mana bugun nasib qilgan ekan, hammani bir joyga jamladik. Nazarimda bu kabi o'yinlar kerak. Boshlanishi balki biroz kichikroq o'tgandir. Lekin keyinchalik keng qamrovda o'tkazishga xarakat qilamiz. Asosiysi Alijon aka doimo yodimizda. Nasib qilsa endi “Andijanka” afsonasi Miroman Kimning xotirasiga bag'ishlab ham turnir tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Jamoani uzoq yillar davomida boshqarib, sezilarli natijalarni qayd etgan Miroman Dmitrievichning qanday inson va mutaxassis bo'lganini ko'pchilik yaxshi biladi. Uning xotira turnirini keng miqyosda o'tkazishni o'ylab turibmiz. Bu borada ayollar futbol assosiaciyaga murojaat qilganmiz. Ular ham tashkiliy jihatlar borasida yordam berishini bildirgan. Qolaversa ushbu turnirga Kimning Hindistondagi yaqinlari ham tashrif buyuradi. Buning ustida ish olib borilmoqda.   

 

“Andijon” faxriylar jamoasidan Xayrullo Tojiboev ham Alijon Marajabov xususida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Alijon akaning qanday inson bo'lganini ikki og'iz so'z bilan ifodalash qiyin. Barcha bilan chiqishib ketardi. Doim quvnoq va samimiy bo'lishga intilgan. Ajoyib hangomalari bilan ko'pchilikka xush kayfiyat ulashgan. O'z ishiga bo'lgan sadoqati kuchli edi. Yaratgan egam u kishini o'z rahmatiga olsin. So'nggi paytlarda “Andijon” faxriylar jamoasiga boshchilik qilib, hamma sobiq futbolchilarni yig'ishga xarakat qilgan. Tashkilotchi sifatida ham ko'pchilikka o'rnak bo'lardi. 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика