So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  2 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  13 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

Andijonda "kesakdan olov chiqdi" Yangiliklar

Andijonda "kesakdan olov chiqdi"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin yakunlandi. Unda 2021 yildagi eng etiborga molik natijalardan biri qayd etildi.

"Paxtakor" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi

Etiborlisi, bu voqea ko'pchilik uchun kutilmaganda sodir bo'ldi. 19-turga qadar musobaqa jadvalida oxirgi bo'lib turgan "Andijon" peshqadam ustidan zafar quchdi (Farhod Sohibjonovning goli evaziga).

Andijon

Farhod Sohibjonov - 25'

Superliga. 19-tur

19/09/2021, 16:00

0
:
1
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
25'  Farhod Sohibjonov
25'  Vasiliy Sovpel
51'  Baxtiyor Qosimov
74'  Farhod Sohibjonov
79'  Vasiliy Sovpel (Abdulhay Ismoilov)
86'  Farhod Sohibjonov (Diyor Rahimqulov)
90'  Pavel Zabelin (SHerzod G'ulomzhonov)
46'  Diyor Xolmatov (Xojimat Erkinov)
46'  Azizbek Turg’unboyev (Dostonbek Hamdamov)
46'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
75'  Farrux Sayfiev (Sharof Muhitdinov)
75'  Boyan Matich (SHerzod Temirov)

Malumot uchun, 1-davrada ushbu jamoalar o'rtasida o'tgan bahsda "sherlar" 3 ochkolik bo'lgan, o'sha o'yin taqdirini SHerzod Temirov tomonidan urilgan gol hal qilgandi.

"Nasibullaevdan Nasibullaevgacha" — "SHerlar"ning zafarli seriyasi tugadi

Bunda ham etiborga loyiq jihat bor. "Paxtakor" Superligada 298 kunlik tanaffusdan keyin yana mag'lub bo'ldi (20 o'yindan iborat seriya). 

Eng qizig'i, 2020 yilning 25 noyabrida o'tkazilgan "Nasaf" bilan o'yinni ham (3:0, 24-tur) bugungi bahsda ishlagan SHavkat Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan edi.

SHuningdek, bugun "Paxtakor"ning 565 daqiqalik "quruq seriyasi" ham yakunlandi.

5 yil

"Burgutlar"ning Toshkent klubiga qarshi oxirgi g'alabasi shuncha muddat oldin qo'lga kiritilgan edi. Aniqroq aytsak, 2016 yilgi mavsumning 16-turida vodiyga safar qilgan "sherlar" ortga boshlari egik holda qaytishgan. O'sha o'yin taqdirini ham 1 ta gol hal qilgan bo'lib, Dilshod Jo'raev tomonidan penaltidan urilgan edi.

SHundan keyin o'tkazilgan 5 o'yinning barchasi "Paxtakor" foydasiga hal bo'lgandi (to'plar nisbati — 13:1). Malumot uchun, Farhod Sohibjonovga qadar "Andijon"ning "Paxtakor" darvozasiga urilgan oxirgi goliga Ildar Mamatkazin mualliflik qilgan edi (2019 yilning 27 avgustida).

Xullas, 20 o'yindan beri engilmayotgan "sherlar" oxirgi o'rindagi "burgutlar" oldida ojiz qolishdi. Xalqimiz bunday voqealardan keyin shunday deydi: "Kesakdan olov chiqibdi-da"

Nima deb o'ylaysiz, mavsum yakuniga qadar oldinda turgan 7 turda bu vazifani yana qaysdir jamoa uddalay oladimi?

Buyuklik oddiylikdan boshlanadi!

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика