So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"Andijon" yig'iniga moldaviyalik to'purar va "So'g'diyona"dan uch futbolchi qo'shildi Yangiliklar

"Andijon" yig'iniga moldaviyalik to'purar va "So'g'diyona"dan uch futbolchi qo'shildi

Yangi mavsumga tayorgarlikni Yangier shahrida olib borayotgan “Andijon” jamoasi tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilishda davom etmoqda.

Bugun o'quv-yig'in mashg'ulotlariga Moldaviyalik Artyom Litvyakov kelib qo'shildi.

Artyom Litvyakov Moldaviyaning A Divizionida ishtirok etuvchi “Tigina” jamoasi sharafini himoya qildi. Yakuniga etgan mavsumda “Tigina” tarkibida raqiblar darvozasini 30 marotaba aniq nishongan olgan bu hujumchi, mavsum yakuniga ko'ra chempionat to'purari bo'ldi. Uning “Tigina” jamoasi esa turnir jadvalini 4-o'rin bilan yakunladi.

Tanishing, Artyom Litvyakov.
Ampluasi
: hujumchi;
Tug'ilgan yili: 23.10.1996 yil
Fuqaroligi: Moldaviya.



Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi azosi Izzat Abdullaev bugundan jamoamizning Yangierdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qo'shildi. Yakuniga etgan mavsumda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi tarkibida o'ynagan Izzat Abdullaev jami bo'lib 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 484 daqiqa harakat qilishga ulgurdi.

Malumot uchun:
Izzat Abdullaev.
Tug'ilgan yili: 16.01.1996 yil.
Ampulasi: Yarim himoyachi.
Fuqaroligi: O'zbekiston.


Yakuniga etgan mavsumni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazgan futbolchi Siroj Meliev “Andijon” jamoasining Yangier shahrida bo'lib o'tayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. Qayd etish kerakki, Siroj Meliev 2017 yilgi chempionatda Muborakning “Mashal” jamoasi tarkibida Aleksandr Xomyakov qo'l ostida to'p surgan. O'tgan yilgi mavsumda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi tarkibida o'ynagan Siroj Meliev 9 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, jami 512 daqiqa o'ynashga muvaffaq bo'lgan.

Malumot uchun:
Siroj Meliev.
Tug'ilgan yili: 2
8.09.1995 yil.
Ampluasi: Hujumchi.
Fuqaroligi: O'zbekiston.


SHuningdek, "So'g'diyona" jamoasining yana bir futbolchisi Muhammad Yuldashev ham "Andijon" jamoasi mashg'ulotlariga taklif etildi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика