So’nggi yangiliklar

10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  0 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  9 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  3 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  69

"Andijon" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Andijon" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Teglar :  Andijon
Bugun yangi mavsum oldidan “Andijon” jamoasi bilan muxlislar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Andijon" endi o'z bazasiga ega bo'ldi. Malumki, shahardagi bo'ston dahasida “Andijon” klubiga tegishli bolalar va o'smirlar futbol maktabi joylashgan. U erda shug'ullanish uchun qator maydonlar bor. Rahbariyat esa yangi mavsum oldidan aynan bolalar va o'smirlar futbol maktabida asosiy jamoa uchun bazani barpo qildi. 80 o'ringa mo'ljallangan yotoqxona mavjud. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bungacha “Med Siti” sihatgohida istiqomat qilib kelgan jamoa azolari endi yangi qurib bitkazilgan bazaga joylashadi. U erda futbol maktabi ham faoliyatini davom ettiraveradi. 

Andijonliklar qishki selekciya chog'ida tarkibiga bir qator yangi o'yinchilarni qo'shib oldi. Marosimda jamoadagi barcha 25 nafar o'yinchilarga yangi futbolka raqamlari bilan topshirildi.


Eldor Adhamov, 1. 

Alisher Jo'rabov, 96. 

Xurshid Xodjaev, 46.

Ildar Mamatkazin, 21. 

Bogdan Milich, 9. 

Goran Miloyko, 20, 

Ahror Inoyatov, 8. 

Ilhom Abdug'aniev, 10. 

Farhod Sohibjonov, 17. 

Mirjalol Mirzaev, 11. 

Islom Mamatkazin, 4. 

Izzat Abdulxakov, 7. 

Muhammadkarim Toirov, 26. 

Bobur Davlatov, 18. 

Vladimir Bubanya, 15. 

Azamat Isroilov, 3. 

SHahboz Erkinov, 22. 

Saidumar Sodiqov, 27. 

Ibrohim Muxtorov, 99. 

Abduvohid G'ulomov, 5. 

Ilhom Alijonov, 66. 

SHerzod Esanov, 23. 

Ahmad Anvarov, 77. 

Abdurahmon Komilov, 14. 

Malikshox Rasulov, 19.



“Muxlislarimizdan pro ligaga tushib ketganimiz uchun uzr so'raymiz. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Vada beramiz, Superligaga chiqishimiz kerak. Buning uchun maydonda futbolchilarimiz yaxshiroq o'ynab berishlari kerak. Xudo xohlasa. albatta Superligaga qaytamiz. Viloyatimiz hokimiga katta rahmat. Doim etibor qaratadi, qanday ishlar olib borilayotgani bo'yicha ham so'rab qiziqib turadi. Biz oldimizga ko'p rejalar qo'yganmiz. Mana, yangi bazamizni ham bitkazib oldik. Endi stadion “projektori”ni ham yaxshilaymiz. Jamoamizga etiborni yanada kuchaytiramiz. O'sha vada: chempion qilmaguncha qaytish yo'q”, - dedi klub prezidenti Juratbek Quvvatov.


SHu o'rinda “Andijon” ustozi Viktor Kumikov ham quyidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 “Barcha futbol muxlislarini yangi mavsum bilan tabriklayman. SHuningdek, Juratbek Dilshodbekovichga minnatdorchilik bildiraman. Malumki, har bir jamoaning uyi bo'ladi. Mana, bizni ham endi o'z qarorgohimiz bor. Bunday yaratib berilgan shart-sharoitlar g'alabalarimizga zamin bo'ladi, deb o'ylayman. Kimlar bu erda ishlab, mehnat qilgan bo'lsa, barchalariga rahmat aytaman”.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика