So’nggi yangiliklar

23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  3 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   24 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  366 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  6 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  28

"Andijon" - "Volga" uchrashuvi atrofidagi voqealar va arenadagi kutilmagan mehmonlar Yangiliklar

"Andijon" - "Volga" uchrashuvi atrofidagi voqealar va arenadagi kutilmagan mehmonlar

Antaliyadagi 12-kun ham boshlandi.

Jamoalarimizning tayyorgarligi endilikda yanada avj pallasiga chiqmoqda. Quradagi raqiblari malum bo'lgach ularning o'yinlarini kuzatish bosqichi boshlandi. CHunki stadionlar orasi yaqin, mehmonxonalar zich joylashgan. Murabbiylarga bu borada ancha engil bo'lmoqda. 

"Andijon" rus klubiga yirik hisobda yutqazdi


"Andijon" jamoasi kecha uchinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib FNL vakili, bir necha kun oldin OKMK bilan to'qnashuvda g'alaba qozongan Ulyanovskning "Volga" jamoasi. Raqib o'zi ishtirok etayotgan chempionatda 17-o'rinni egallab turibdi. SHunga qaramay tarkibida jismonan baquvvat futbolchilar yig'ilgan, tajriba katta. Aynan shu jihat kechagi bahsda o'z so'zini aytdi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qilgan "burgutlar" gol urish uchun etarlicha vaziyatlar yaratishdi, deya olamiz. Ayrim holatlarda darvoza ustuni to'sqinlik qilgan bo'lsa, yana boshqa vaziyatlarda oldingi chiziq vakillariga tajriba kamligi sezilib qoldi. "Sen urmasang, senga urishadi",- degan ibora aynan kechagi uchrashuvga mos edi. "Andijon" vaziyatlar yaratdi, hujum qildi. Lekin golni "Volga" futbolchilari urdi, 0:4. 



Turkiyadagi yig'inlarda tarkibga qo'shilgan uch nafar legioner Levan Arveladze, Nodar Kavtaradze, Ahtam Nazarov bilan shartnoma imzolangan. Klub matbuot xizmati tez orada ularni tanishtiradi. Uch nafar legionerning harakatlariga esa chempionat boshlangach baho beramiz. Hozircha qandaydir xulosa qilish qiyin. 



Aytish mumkinki, shaxsan men kechagi bahsda Ro'ziqul Berdievning tashrifini kutgandim, chunki dastlabki turdagi raqibi "Andijon". Lekin tajribali mutaxassis bunga qadar ikki marotaba jamoaning o'yinini tomosha qildi. Fikrimcha kerakli xulosalar bor. Tribunada "Bunyodkor" bosh murabbiyi Murod Otajonov, maslahatchi murabbiy Rustam Mirsodiqov kechagi bahsni bevosita stadiondan kuzatdi. Malumot uchun, "Bunyodkor" 3-turda "Andijon" bilan safarda o'ynaydi. 



Kamoliddin Alimov va Jahongir Fayzullaev juftligi kecha SAfarda loyihasi bilan "Andijon"ning uchrashuvida bo'lishdi. Ko'rsatuv yakunida jamoa darvozaboni Eldor Adhamovning ham fikrlari o'rin olgan 




Uchrashuv yakunlangach kechki taomdan so'ng "Sileks" sport direktori, "Bunyodkor"da qisqa vaqt ichida nom qozongan Stevica Ristich bilan uchrashdim. Quyida u bilan tashkil qilingan suhbatning dastlabki qismini o'qishingiz mumkin. Odil Ahmedov, Geynrix, "Bunyodkor"dagi damlar, ayni paytdagi faoliyati haqida so'z boradi. Bugun u bilan kecha chala qolgan suhbatimizni davom ettirishimiz rejalashtirilgan. 


 "SHubhasiz eng yaxshi davrlarim "Bunyodkor"da o'tgan" — Stevica Ristich Antaliyada Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика