"Andijon" Vitaliy Mirniy bilan ishni to'liq yakunladi. FIFA bu bo'yicha ishni kun tartibidan olib tashladi
27 jan 2021 15:27
Yangiliklar


"Andijon" Vitaliy Mirniy bilan ishni to'liq yakunladi. FIFA bu bo'yicha ishni kun tartibidan olib tashladi
Radoslav Aleksich masalasi hali ochiq. Klub mazkur futbolchi bilan ishlashni boshlagan. Katta ehtimol bilan uch kun ichida Andijon bu muammoni ham hal qiladi. SHuningdek, klub Ibe Mikael Okoro bilan qarzdorlikni 40 kun ichida bartaraf etish kerak.
Eski Andijondan qolib ketgan yana bir meros bor — Predrag Vuyovich. FIFA 25 fevralda ishni ko'rib chiqadi. Klub esa allaqachon futbolchining yuristi bilan aloqaga chiqqan va muzokara davom etyapti. O'ylashimizcha, Andijon 25 fevralni kutib o'tirmay, bu ishni ham hal qilmoqchi.
Qolgani o'zbekistonlik futbolchi va murabbiylar bilan qarzdorliklar masalasi. Bu borada Futbolchilar uyushmasi ish olib boradi va har bir davogar uchun alohida muddatlar kelishilinadi.
Andijon klubining yangi rahbariyati oxirgi yarim yilda katta ishni amalga oshirdi. Ular klubni parallel ushlab turish bilan birga, eski Andijonning barcha muammolarini ham hal qilish bilan band", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar