So’nggi yangiliklar

00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  1 23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  72 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  36 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4

Andijon viloyati hokimi klub rahbariyatini qabul qildi Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi klub rahbariyatini qabul qildi

Teglar :  Andijon
Bugun Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov Andijon futbol klubi vice-prezidenti Marufjon Abdisalomov va bosh murabbiy Eldor Sakaevni qabul qildi.

Bundan ko'zlangan maqsad - ertangi «Surxon»ga qarshi muhim uchrashuv oldidan jamoani kayfiyatini har tomonlama ko'tarish va Superligaga chiqish uchun qo'yilgan vazifani bajarish masuliyatini yanada kuchaytirish edi.

Klub vice-prezidenti Marujon Abdisalomov viloyat hokimi bilan uchrashuv chog'ida jamoaga qaratayotgan yuksak etibori uchun alohida minnatdorchilik bildirib, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida astoydil ish olib borilayotganini takidlab, tashkiliy ishlar bo'yicha jamoaga barcha shart-sharoitlar yaratib kelinayotganini bildirdi.

SHuningdek bosh murabbiy Eldor Sakaev ham Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov bilan suhbat chog'ida ertangi «Surxon»ga qarshi bahs nechog'li muhim ekanligini jamoaning barcha azosi buni chuqur his etib turganini aytib o'tdi. Qolaversa bosh murabbiy davralar oralig'ida tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida ayrim chiziqlarga yangi futbolchilarni olib kelish uchun hozirdan muzokara olib borilayotganini ham qo'shimcha qildi.

O'z navbatida SHuhratbek Abdurahmonov bu yil Andijon xalqiga xursandchilik ulashish uchun jamoani Superligaga olib chiqish ustuvor vazifa ekanligini aytib, buning uchun har qanday yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari ertaga «Sog'lom avlod» stadionida soat 19:00da boshlanadigan «Andijon» - «Surxon» uchrashuviga viloyat hokimining shaxsan o'zi tashrif buyurishini aytib o'tdi.
Tabiiyki viloyat hokimi bilan klub rahbariyatining uchrashuvi bo'lajak muhim o'yin oldidan jamoa kayfiyatiga ham ijobiy tasir o'tkazmasdan qolmadi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика