"Andijon" Turkiyada 7ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Barcha raqiblar malum
24 jan 2024 12:05
Yangiliklar
"Andijon" Turkiyada 7ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Barcha raqiblar malum
U erda oldindan rejalashtirilganidek, "burgutlar" 7 ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. SHuni takidlash o'rinliki, “Andijon”ning u erdagi barcha sparring-raqiblari nomi malum bo'ldi.
Jumladan, 9-fevral kuni Slovakiyaning “Belusa” jamoasi raqib vazifasini bajaradi.
12-fevral sanasiga esa ikkita o'yin belgilangan bo'lib, ulardan biri Ukrainaning “Oleksandriya” klubiga qarshi o'tishi lozim edi. Biroq o'zgarish yuz berdi va ushbu klubning o'rniga 12-fevral sanasida Latviyaning “Valmiera” jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Rejaga ko'ra, "Andijon" 4 va 12-fevral kunlariga ikkita o'yinda maydonga tushadi.
“Andijon”ning Antaliya yig'inidagi barcha raqiblari
27 yanvar (shanba)
“Andijon” – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi
1 fevral (payshanba)
“Andijon” – CSKA (Rossiya)
4 fevral (yakshanba)
“Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya)
“Andijon” – “CHernomorec” (Ukraina)
9 fevral (juma)
“Andijon” – “Belusa” (Slovakiya)
12 fevral (dushanba)
“Andijon” – “Korvinul Xunedora” (Ruminiya)
“Andijon” – “Valmiera” (Latviya)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar