So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

"Andijon" transferlarga bermoqda jon yoxud bugungi kun voqealari Yangiliklar

"Andijon" transferlarga bermoqda jon yoxud bugungi kun voqealari

Turkiya tomon talpingan ayrim Superliga klublari uchun haqiqiy yig'in mana endi boshlanmoqda.

Bilasiz yurtimizdagi ob-havo sharoiti sabab hattoki tabiiy maydonga chiqmagan jamoalar ham bo'ldi. Antaliya bu borada ayni muddao. CHunki barcha sharoit bor, raqiblar aniq, maydonlar xuddi marjon donalaridek shahar bo'ylab terib qo'yilgan. Ayni paytda men istiqomat qilayotgan mehmonxonada "Andijon" jamoasi delegaciyasi ham yashamoqda. Murabbiylar, futbolchilar barchasi shu erda, ko'z oldimizda. SHu bois nisbatan bu jamoa haqida ko'proq malumot berishga harakat qilyapmiz. 1 fevral kuni saytimizning navbatdagi ijodiy guruhi etib keladi va boshqa jamoalar mashg'ulotlari, bazalariga sayohat qilinadi. 

Aleksandr Xomyakov kechadan boshlab tartib-intizomga jiddiy amal qilishga chaqirdi. Hattoki mashg'ulotda yuzakilikka jim qarayotgani yo'q. Anatoliy Kurlaev, Nikolay SHevchenko, Artyom Petrosyan yaqindan yordam bermoqda. Nikolay SHevchenko 2007 yilgi Osiyo kubogida Rauf Inileevning murabbiylar shtabidan o'rin olgan.  Andijon o'g'loni, deya tariflanadigan Qobil Olimjonov darvozabonlar bilan ishlayapti. Ushbu murabbiy o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi libosida ham harakat qilganini aytib o'tish joiz. Qiziq fakt shuki, joriy yil jamoaning murabbiylar shtabida faoliyat olib boradigan 3ta murabbiy ham futbolchilik faoliyatida darvozabon poziciyasida harakat qilgan.

Aleksandr Xomyakov - "Dinamo Maxachkala", "Torpedo Voljskiy", "Spartak Nalchik" darvozalarini qo'riqlagan. 

Artyom Petrosyan - "Semurg'", "Dinamo" (Samarqand), "Traktor" (Toshkent), "Nasaf"da to'p tepgan.

Qobil Olimjonov - "Andijon" sobiq darvozaboni

Tarkibdagi o'zgarishlar davom etadi. Superligada munosib qatnashishni maqsad qilgan jamoa tarkibiga 3 nafar legioner kelgani haqida aytgandik. Bugun "Lokomotiv" himoyachisi Dilshod Komilov, Tojikiston terma jamoasi sardori Ahtam Nazarov qo'shiladi. Himoyada kuchli raqobat yuzaga kelmoqda. Bu hali hammasi emas. Jamoa "Paxtakor"dan Diyor Xolmatovni olishga harakat qilmoqda. AGMK hujumchisi Mirjahon Mirahmadov ham qiziqishlar doirasida turibdi. Vaziyatga qarab yana yangi nomlar paydo bo'lsa hech gap emas. Qisqasi klub tarkibni kuchaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilyapti. Aytmoqchi argentinalik futbolchi Santiyago Gordano ham "Andijon"da ko'rikda o'tishi ko'zda tutilgan. 

Bu orada "burgutlar" o'z maydonlari tayyor bo'lguniga qadar qaysi maydondan foydalanib turishlari malum bo'lib ulgurdi. Farg'onaning "Istiqlol" stadioni jamoa uchun vaqtinchalik uy o'yinlarini o'tkazish vazifasini o'tab beradi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика