"Andijon" Tojikistondagi yig'inini yakunladi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2024, 12:58
Jamoa 5 yanvar kuni o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Tojikistonga jo'nab ketgandi.

Ikki haftalik tayyorgarlikdan so'ng jamoa a'zolari kecha Tojikiston yig'inini yakunlab ortga qaytdilar.

"Endi futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqishdi. 23 yanvar kuni jamoa a'zolari Toshkentda to'planadilar. Qishki yig'inning ikkinchi bosqichi esa Turkiyada davom ettiriladi.

Rejaga binoan jamoamiz a'zolari 24 yanvar kuni Antaliyaga yo'l oladi hamda u yerda 14 fevralga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi va bir qator nazorat o'yinlarida ham ishtirok etadi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати