"Andijon": Tarkibga Isroil Ergashev ham qo'shildi
08 jan 2016 10:47
Yangiliklar


"Andijon": Tarkibga Isroil Ergashev ham qo'shildi
Kecha “Andijon” jamoasi yig'in boshlanganidan beri mashg'ulotlarning uchinchi kunini o'tkazdi.
Ertalabki mashg'ulot “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmidagi mashg'ulot SHo'rbuloq dahasidagi suniy qoplamali maydonda olib borildi.
Kecha ham tarkibga yana bir yangi o'yinchi qo'shildi. O'z vaqtida “Olmaliq” klubida o'ynagan yarim himoyachi Isroil Ergashev jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etishni boshladi. So'nggi yillarda bu futbolchi birinchi ligada faoliyat yuritib kelayotgandi. Eslatib o'tamiz, Andijonda olib borilayotgan yig'in 17 yanvarga qadar davom etadi.
“Andijon” jamoasi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar