So’nggi yangiliklar

09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37

“Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida... Yangiliklar

“Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida...

Bugun Andijonda futbol bayrami! Coca Cola Superligasining 19–tur o'yinlarini “Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlab beradi.

Uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Sababi, “Andijon” ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshladi, biroq, so'nggi ikki turdagi mag'lubiyatlar muxlislarni xafa qilgani bor gap. Qolaversa, bugun “Andijon” o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi va ularni xursand qilish uchun maydonga tushishi aniq.

Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini ikkinchi davrada to'htatib bo'lmayapti. Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa ikkinchi davrada beshta uchrashuv o'tkazib, shularning 4tasini g'alaba bilan yakunlagan bo'lsa, safarda “Buxoro” jamoasi bilan durang o'ynadi. Ko'rib turganingizdek, “So'g'diyona” “avjiga” chiqqan payt.

“Andijon” hamda “So'g'diyona” jamoalarning ikkinchi davradagi uchrashuvlari:
“Andijon” – “Buxoro” 2:0
AGMK – “Andijon” 2:2
“Metallurg” – “Andijon” 0:2
“Andijon” – “Navbahor” 0:1
“Paxtakor” – “Andijon” 5:1

“So'g'diyona” – “Lokomotiv” 1:0
“Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” 1:2
“So'g'diyona” – “Qizilqum” 1:0
“Buxoro” – “So'g'diyona” 1:1
“So'g'diyona” – AGMK 1:0

“Andijon” – “So'g'diyona” jamoalarining so'nggi beshta mavsumdagi o'zaro uchrashuvlari:
Bugungi jamoalar 2011 yilgi mavsumdan shu kungacha o'zaro 9 marotaba bahs olib borishdi. O'tkazilgan 9 uchrashuvning to'rttasida “Andijon” jamoasining qo'li baland kelgan bo'lsa, jizzaxliklar ham 4 ta uchrashuvda g'olib bo'lishgan. Atigi bitta uchrashuvda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.
Joriy mavsumning birinchi davrasidagi o'yini Jizzaxda bo'lib o'tgandi va o'shanda himoyadagi xatolar evaziga "Andijon" 1:2 hisobida alamli mag'lubiyatga uchragandi.

2011 yil:
“Andijon” - “So'g'diyona” 2:1
“So'g'diyona” – “Andijon” 1:1
2014 yil:
“Andijon” - “So'g'diyona” 1:2
“So'g'diyona” – “Andijon” 1:0
2015 yil:
“Andijon” - “So'g'diyona” 3:2
“So'g'diyona” – “Andijon” 1:2
2016 yil:
“Andijon” - “So'g'diyona” 3:0
“So'g'diyona” – “Andijon” 1:0
2019 yil:
“So'g'diyona” – “Andijon” 2:1
“Andijon” - “So'g'diyona” ?:?

Uchrashuvni Zokir Qodirov boshqarib boradi
Bugungi uchrashuvni boshqarish vazifasi navoiylik Zokir Qodirovga yuklatilgan. Joriy mavsumda 13 ta uchrashuvni boshqargan Qodirov “Andijon”ning bitta, “So'g'diyona”ning uchta o'yinida bosh hakamlik qilgan. Zokir Qodirovga qanotlarda Ruslan Samandarov va Rasul Fozilovlar yordam berib borishadi.

Uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi
“Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi bahs soat 18:00dan etiboran O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali efirga uzatiladi. Uchrashuvni sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.


Andijon

Superliga. 19-tur

13/09/2019, 18:00

0
:
0
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
30'  Farhod Bekmurodov
61'  Farhod Bekmurodov (Shahzod Ubaydullayev)
71'  Sardor Azimov (Qahramon Bahodirov)
82'  Farhod Mirahmatov
86'  Ro’zimboy Ahmedov (Abdullo Olimov)
46'  Ivan Nagayev (Nuriddin Hasanov)
63'  SHahboz Jo'rabekov
65'  Jasur Hasanov O (Muhammadanas Hasanov)
90'  Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика