So’nggi yangiliklar

14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5

"Andijon": "SHo'rtan" yirik hisobda mag'lub etildi Yangiliklar

"Andijon": "SHo'rtan" yirik hisobda mag'lub etildi

Avval xabar berganimizdek, bugun jamoamiz Toshkent yig'inidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Bu safargi sparring-raqibimiz G'uzorning SHo'rtan jamoasi bo'ldi. Toshkent viloyatining Sergeli tumanida joylashgan suniy qoplamali maydonda kechgan bahs qiziqarli va tomoshabop ruh ostida o'tdi. Oliy liganing ayrim klub vakillari ham mazkur uchrashuvga tashrif buyurib, bevosita o'yinni kuzatib bordi. Aytish lozimki, Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi burgutlarning ishtiyoqi yuqori. Har futbolchi o'zidan yaxshi taassurot qoldirish uchun bor kuch-g'ayratini ishga solayotgani ko'rinib turibdi. 

 Birinchi bo'limda har ikki jamoa ustozi bugungi kundagi optimal tarkibni maydonga tushirdi deyish mumkin. 

Xususan Baxtiyor Azamovich bugungi o'yinda ham har bir futbolchiga imkoniyat berib, yana bir bor ko'zdan kechirdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida maydonda teng kurash kechdi. Darvozalar esa dahlsizligicha qoldi. 

Ikkinchi taym esa gollar shousiga aylanib ketdi. Avvaliga Alisher To'xtasinov ajoyib tarzda hisobni ochishga erishgan bo'lsa, keyinchalik tezkor futbolchi Abdumalik Abdullaev ham boshi bilan to'pni darvozaga kiritdi. O'yin yakunlanib borayotganida andijonliklarning hujumlari keskin ko'rinish olaverdi. CHap qanotdan To'xtasinovning havolatib uzatib bergan to'pini, Vasilev boshi bilan SHo'rtan darvozasiga joylab qo'yishga erishdi. Bu hali hammasi emasdi. 86-daqiqada Islom Karimov ham aniq zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol etish bilan birga, jamoasining yirik g'alabasini taminladi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida esa SHo'rtanda ko'rikdan o'tayotgan Orifxo'ja Abduxoliqov bitta goli bilan javob qaytarishga erishdi. SHu tariqa stadionga kelgan muxlislar jami 5ta golga guvoh bo'ldi. 

Ushbu erishilgan g'alaba yigitlarga ruhiy ustunlik taqdim etgani aniq. Qolaversa SHo'rtandan erishilgan g'alaba Baxtiyor Ashurmatovning Andijondagi ilk g'alabasi bo'ldi. Bu bilan bosh murabbiy o'yindan so'ng barchani tabrikladi. Biz ham o'z navbatida g'alabalar davomli bo'lishini niyat qilib qolamiz.  

Andijon - SHo'rtan 4:1 (0:0)

Toshkent. Sergeli suniy maydoni.

Hakamlar: Vadim Agishev, Dmitriy Klepikov, Hasan Nabiev.

Nazoratchi: Dmitriy Roman.

Gollar: Alisher To'xtasinov, 55. Abdumalik Abdullaev, 69. Timur Vasilev, 83. Islom Karimov, 86  Orifxo'ja Abduxoliqov, 89.

Andijon: Akmal Tursunboev, Davron Tursunov, Iqbol Boboxonov, Javlon Guseynov, Rustam Azamov, Farhod Bekmurodov, G'ulom O'runov, Ibrohim Otaxonov, Mirzakamol Kamolov, Anvar Berdiev, Alisher SHog'ulomov. 

Zaxiradan tushganlar: Lochin Dolimov, Tursunboy Husanov, SHukur Jumaboev, Alisher To'xtasinov, Asror Rahmonov, Farruh Mirzaev, Baxtiyor Qosimov, Artur Mamatkazin, Timur Vasilev, Islombek Karimov, Abdumalik Abdullaev.

SHo'rtan: Eldor Tojiboev, Hasan Ergashev, Jamol Otaqulov, Botir Qoraev, Umar Eshmurodov, Eldor Boymatov, Laziz Ubaydullaev, Kenja To'raev, Sardor Rasulov, Olim Karimov, Zafar Polvonov.

Zaxiradan tushganlar: Xurshid Xo'jaev, Yusuf Bo'riev, Asror Aliqulov, Igor Taran, Elyor Intizomov, SHahzod Xursanov, Abbos Amonov, G'ulom Rahmonov, Jasur Boboev, Orifxo'ja Abduxoliqov.

Andijon FK matbuot xizmati.  

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика