"Andijon" safiga turkiyalik futbolchi kelib qo'shildi
13 iyu 2023 22:01
Yangiliklar
"Andijon" safiga turkiyalik futbolchi kelib qo'shildi
Futbolchi “Antalyaspor” U-21 jamoasida o'zini ko'rsatgan. Yozgi yig'inda esa “Antalyaspor” bosh murabbiyi Nuri SHahin tomonidan asosiy jamoaga jalb qilingan. Aytish joizki, Ilhan ikkala qanot yarim himoyasida o'ynay oladi.

“Andijon” klubining “Antalyaspor” bilan o'zaro hamkorlik borasida kelishuvi yo'lga qo'yilgan. Yodingizda bo'lsa, qishda Rubin Xebay ham aynan "Antalyaspor" klubi tavsiyasiga ko'ra taklif qilingandi.
Endilikda mazkur hamkorlik doirasida “Antalyaspor” Ilhanni “Andijon” klubining taklifiga binoan ko'rikka kelishiga rozilik bildirdi. SHu bois vodiyliklarning mazkur yig'ini davomida futbolchi ko'rikda bo'ladi.
Kecha Antaliya-Toshkent yo'nalishi bo'yicha poytaxtimizga etib kelgan futbolchi bugun jamoaning Tojikistondagi yig'iniga qo'shildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar