So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  15 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

"Andijon" safida yana yangi o'yinchilar Yangiliklar

"Andijon" safida yana yangi o'yinchilar

Teglar :  Andijon
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, yangi o'yinchilardan Mirzakamol Kamolovni “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini xabar qilgandik.

Undan tashqari darvozabon Farruh Turdialiev ham ikki kun jamoa lagerida bo'ldi. O'z vaqtida “Neftchi” va “Buxoro” klublarida faoliyat olib borgan Turdialievga “UzDongJu”ga qarshi o'tkazilgan nazorat bahsidan keyin javob berib yuborildi. Yakshanba kuni tarkibga “Qizilqum” klubidan yana ikkita yangi o'yinchi kelib qo'shildi. Hujumchi Feruz Boboqulov va yarim Farruh Haydarov mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. SHu kunlarga tarkibga yana bir qator yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda. Andijonliklar ushbu haftada boshlanadigan Farg'onada viloyati hokimi kubogida ishtirok etishadi. Musobaqa boshlanishidan oldin “burgutlar” 26 yanvar kuni “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazishadi. Navoiyliklar hokim kubogi tunirida ishtirok etish uchun Farg'onaga tashrif buyurishdi. Musobaqa 29 yanvar kuni start oladi. Fevral oyining boshida esa “Andijon” jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Poytaxtdagi tayyorgarlik chog'ida andijonliklar PFL Kubogi turnirida ham qatnashishni rejalashtirishgan. Qolaversa, Toshkentdagi yig'in orqali murabbiylar tarkibni shakllantirib olishadi.

"Andijon" jamoasi matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика