So’nggi yangiliklar

01:47Франция. ПСЖ мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  3 01:13"Реал" финалга боради, ўйин бекор қилинмайди  5 00:51Флик: "Ҳакамларни нафақат ҳурмат қилиш, балки, қадрлаш ҳам керак"  11 00:15Хавьер Тебас: "Перес шикоят қилмайди, таҳдид қилади"  10 23:44Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" Жанубий Корея жамоасига 7та гол урди ва ярим финалга йўл олди  9 23:17"Реал"дан расмий баёнот: "Буни қабул қилиб бўлмайди"  13 23:01RFEF ҳакамлар борасида расмий маълумот чиқарди  20 22:46НИМА? "Реал" финалда иштирок этмаслиги мумкин  29 22:27БУМ! "Реал" финал олдидан бўладиган барча тадбирларни бекор қилди. Бу бойкотми?  27 22:13"Барселона" - "Реал" ўйини бош ҳаками финал олдидан матбуот анжуманида йиғлаб юборди  15 21:54Слот АПЛ ҳақида: "Бу қийин лига, авваллари топ-5 учун бундай кураш бўлмаган"  4 21:12Кейлор Навас: "Барселона" менга қизиққани борасидаги хабар ёқиб тушди"  0 20:52"Ювентус" ЕЧЛга чиқа олмаса, катта зарарга учраши, бир қанча футболчилар кетиши мумкин  3 20:23Невилл Слот ҳақида: "У зўр ишлади. Мавсум олдидан кимдир "Ливерпуль"ни чемпион бўлади демаганди"  2 19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  4

“Andijon” oliy ligaga oliy maqsad sari Yangiliklar

“Andijon” oliy ligaga oliy maqsad sari

Teglar :  Andijon
Oliy liga klublari qatori birinchi liga vakillari ham ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqdalar.

Bu borada “Andijon” jamoasi ham katta ishtiyoq bilan yozgi yig'inga kirishgan. Birinchi davrada o'z imkoniyati darajasida qatnasha olmagan “burgutlar” bor etiborini ikkinchi davraga qaratishgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Oliy ligaga qaytish vazifasi qo'yilgan va bu yo'lda ular astoydil ishlamoqdalar. Jamoaga bo'lgan etibor esa yuqori darajada. Masalan, kuni kecha mashg'ulotlardan biriga viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov tashrif buyurib, jamoaning tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi. Murabbiy hamda futbolchilar bilan maydonda suhbatlashib, ularni yanada ruhlantirdi. Barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi haqida va bunga javoban futbolchilardan faqat g'alabalarni kutishi, musobaqada 1-o'rinni egallab oliy ligaga yo'l olishi shartligini ham alohida takidlab o'tdi. Xullas, “Andijon” jamoasi katta ishtiyoq bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bosh murabbiy Usmon Toshev esa jamoasining ikkinchi davraga tayyorgarlik rejalari bilan o'rtoqlashdi.



- 8 iyuldan mashg'ulotlarni boshladik, - deydi Usmon Qudratovich. - Andijonda 21 iyulga qadar shug'ullanamiz. Bu vaqt oralig'ida uchta nazorat o'yinini o'tkazamiz. CHunki futbolchilarni tezroq saralab olishimiz kerak. Xabaringiz bor, ayni paytda safimizda 40 dan ziyod o'yinchilar shug'ullanishmoqda. Bizga ularning kim ekanligini farqi yo'q. U yosh bo'ladimi yoki kattami, muhimi, hammasini hurmat qilgan holda yig'inlar davomida ko'rib chiqyapmiz. Lekin bitta qiyinchilik tomoni borki, bizda etarli vaqt yo'q. Biz barchasini shoshilmasdan batafsil tekshirib olish imkoniyatiga ega emasmiz. SHuning uchun hammasini tez-tez bajarishga harakat qilyapmiz va yakunda eng yaxshi futbolchilarni saralab olmoqchimiz. Maqsadimiz birinchi ligada 1-o'rinni egallab oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdir. SHu manoda jamoani shakllantirishga harakat qilyapmiz. Keyin Toshkentda bo'lamiz. Poytaxtda tibbiy ko'rikdan o'tamiz. Toshkentdagi yig'inni tugatganimizdan keyin yigitlarga qisqa muddatga dam beramiz. Keyin esa ikkinchi davra boshlanishiga bir hafta vaqtimiz qoladi. 4 avgustda “Navbahor”ning asosiy tarkibiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish borasida ular bilan kelishib oldik. So'ng yaxshi kayfiyat bilan” NBU-Osiyo” va “Yangier”ga qarshi o'yinlar uchun jo'nab ketamiz.

Albatta, bosh murabbiy takidlab o'tganidek, tayyorgarlik jarayonida nazorat uchrashuvlariga ham alohida etibor qaratilmoqda. Biz esa undan aynan qaysi jamoalarga qarshi bellashuvlar bo'lib o'tishi haqida so'radik.

- Andijondagi dastlabki o'rtoqlik bahsidagi raqibimiz – “UzDongJu” bo'ldi. Keyin esa 15 iyul kuni “Qo'qon-1912”ning o'rinbosarlariga qarshi o'ynaymiz. 19-kuniga “Neftchi” o'rinbosarlariga qarshi o'yin tashkil qilmoqchimiz. Toshkentdagi yig'inimiz davomidagi ikkita o'yinimizni oliy liga klublariga qarshi o'tkazishga harakat qilamiz. Lekin ikkinchi o'yinimizni o'tkazish ozgina muammo bo'lishi mumkin. CHunki poytaxtdagi ikkinchi o'yinimiz ikkinchi davra boshlanishiga yaqin bo'ladi. Bunday paytda esa klublar asosiy etiborini chempionat boshlanishiga qaratishgan bo'ladi. Agar ikkinchi o'yinimiz uchun oliy ligadan raqib topa olmasak, unda birinchi liganing biror-bir jamoasi bilan o'ynaymiz. Bilasizmi, nazorat o'yinlari davomida bizga yutishning keragi yo'q. Asosiysi, bunday o'yinlar orqali jamoaning o'yinini shakllantirib olishni istayapmiz.

Jamoaning mashg'ulotini kuzatar ekanmiz, murabbiy qo'li ostidagi barcha futbolchilar katta ishtiyoq bilan ishlayotganliklariga amin bo'lmoqdamiz. Usmon Toshev jamoa o'yinini oliy liga saviyasi bo'yicha tayyorlayotgani etiborga molikdir. SHu bois u hozirgi yig'inda asosiy etibor nimaga qaratilayotgani haqida ham gapirdi.



- Mashg'ulotlarda futbolchilarning ishlash jarayonidan hech qanday qiyinchilik yo'q. Hattoki, birinchi davraning oxirgi uchta o'yinida ko'rganimda ham ularga katta etirozlarim bo'lmagan. CHunki yigitlarning intilishi bor. Futbolchilarni o'ynay olishi yoki o'ynay olmasligiga esa faqat murabbiy javob beradi. Yuqorida aytganimdek, yig'inimizda 40 dan ziyod o'yinchilar shug'ullanishyapti. Ularning orasida tortib ketadigani ham, tortib keta olmaydiganlari ham bor. O'tkazadigan har bir nazorat o'yinidan keyin yigitlarni saralab boraveramiz. Hamma bir xil emas. Kimnidir kuchi o'rtacha bo'lsa, yana kimnidir unikidan balandroq. Xullas, jamoani yaxshilashga harakat qilyapmiz. Ayni damda ularning jismoniy holatiga etibor qaratyapmiz. SHundan kelib chiqqan holda futbolchilarning texnik qobiliyatlariga ham etibor qaratyapmiz. Albatta, bunday issiq havoda futbolchilar jismoniy mashqlarini “ko'tarishi” qiyin. CHunki futbolchilar har xil joydan kelishgan. Hattoki, yarim yil davomida hech qaerda o'ynamagan o'yinchilar ham bor. SHuning uchun imkon darajasida ularning jismoniy holatini ham yaxshilashga urinyapmiz.

Aytish kerakki, klub selekiya borasida faol ishlarni olib boryapti. CHunki maqsad oliy liga bo'lgani sababli tarkib ham shunga yarasha bo'lishi kerak. Muxlislar esa tarkibga yangi qo'shilayotgan o'yinchilar bilan qiziqmoqda.

- Albatta, biz ham yaxshi bilamizki, ishqibozlarga yaxshi, nomi chiqqan futbolchilar kerak, - deydi Toshev. - Biz ana shunday o'yinchilarni chaqirganimizdan tashqari ular albatta o'ynay olishlari ham kerak. Agar bu birinchi liga deb o'z imkoniyati darajasida o'ynay olishmasa, u holda ularni jamoada olib qola olmaymiz. Lekin siz ham bilasizki, birinchi davra bilan ikkinchi davra oralig'ida aksariyat o'yinchilar o'z klublari bilan band bo'ladilar. Ularning aksariyati asosan chempionat tugaganidan keyin shartnomalari tugaydi. Lekin Xudoga shukrki, hozirgi sharoitda ham o'zimiz xohlagan futbolchilarni topa olyapmiz. Kim qidirsa topadi, deb bejizga aytishmaydi. Ular bilan shartnomalar imzolaganimizdan keyin albatta xabar beramiz. Bir qator futbolchilar bilan esa xayrlashdik. Ular bilan telefon orqali gaplashdik. Xech qanday muammo yo'q va bir-birimizga omad tiladik. Balki yana bir qator futbolchilarga javob beramiz. Futbolda xafagarchilik bo'lmasligi kerak.
SHuningdek, Usmon Qudratovich murabbiylar shtabi borasida ham to'xtalib o'tdi.

- Murabbiylar shtabidan ko'nglim to'q. Ammo baribir ham bizga yana bir-ikkita mutaxassis kerak. Futbol jamoasidan nafaqat o'yinchilarning ahamiyati katta, balki oshpaz, shifokor, massajchi, murabbiylar ham malakali bo'lsalar, ish samaradorligi oshib boraveradi. Har bir mutaxassis o'ziga yuklatilgan ishni qilib borsa hammasi joyida bo'ladi. Iskander Galiulin biz bilan birga ishlayapti. U aqlli, tajribali murabbiy. O'z ishiga 100 foiz berilib ishlaydi. Yosh murabbiylarimizga ko'p narsalarni o'rgatadi. Biz parallel ravishda aynan mahalliy yosh murabbiylarni ham tayyorlayapmiz. CHunki kelajakda Andijonga bunday kadrlar kerak bo'ladi. Ketganimizdan keyin o'zimizda yaxshi iz qoldirishimiz kerak.

Firdavsxon

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика