"Andijon" nigeriyalik futbolchi bilan xayrlashdi
15 avg 2020 23:11
Yangiliklar
"Andijon" nigeriyalik futbolchi bilan xayrlashdi
Joriy mavsum boshida "Andijon"ga katta maqsadlar bilan olib kelingan nigeriyalik futbolchi Ibe Mikael Okoro jamoani tark etdi.
"Andijon" futbol klubi va nigeriyalik yarim himoyachining o'zaro kelishuviga asosan o'rtadagi shartnoma ikki tomonlama bekor qilindi. Ibe Okoro jamoamiz tarkibida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 474 daqiqa harakat qildi. Jamoamiz nomidan Ibe Okoroning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz",- deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Malumot o'rnida aytib o'tish joizki bunga qadar jamoadan Islom Abdullaev va Jahongir Abdumo'minovlar ham ketgan edi.
Fikrlar