So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Andijon": Nazorat uchrashuvida hisobda aks etmagan ustunlik Yangiliklar

"Andijon": Nazorat uchrashuvida hisobda aks etmagan ustunlik

Teglar :  AndijonCementchi
Avval xabar berganimizdek, kecha yoshlar jamoamiz Quvasoyda “Cementchi” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Rasmiy o'yinlar boshlanishi oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani bois, murabbiylar tarkibdagi o'yinchilarning imkoniyatini yana bir bor ko'zdan kechirib oldi. Darvoqe, “Andijon” yoshlar jamoasiga yaqinda bosh murabbiy etib Rafael Muslimov tayinlandi. Rasul Rahmonov endilikda unga yaqindan yordam beradi.

O'yinga keladigan bo'lsak, afsuski ustunlik hisobda aks etmadi. Bunday deyishimizning boisi shundaki, “Andijon” yoshlar jamoasi shu kuni mezbonlarga jiddiy qarshilik ko'rsatib, ularni ham rasmiy o'yinlar oldidag biroz sergaklikka chorladi. Garchi o'rtoqlik o'yini maqomini olgan bo'lsada, uchrashuv go'yoki rasmiy bahsdek o'tdi deyish mumkin. Temur To'xtasinov boshchiligidagi oliy liga toifasidagi hakamlar uchrashuvni boshqarib bordi va stadionga ham muxlislar tashrifi 100dan ziyod bo'ldi. Mezbon jamoa rahbariyati bevosita stadionga kelib, o'yinni kuzatib borgani ham “Cementchi” futbolchilarini ko'proq g'alabaga undadi deyish mumkin.

O'yinda ilk bor hisobni mezbonlar ochishdi. Davralar oralig'ida “Cementchi” safiga kelib, ko'rikdan o'tayotgan Abdulla Abdullaev birinchi golga mualliflik qildi. Bunga javoban Jahongir Maqsudov raqiblarini ketma-ket aldab o'tib, uzoq masofadan darvoza tomon kuchli va aniq zarba yo'llab, hisobni 1:1 ko'rinishga keltirdi. SHu tariqa jamoalar tanaffusga durang bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo'limni ham yoshlarimiz hujumkorlikda boshladi. Jaroxat olib majburan maydonni tark etgan Avaz Olimjonovning o'rniga tushgan Xondamir Yuldashev  “Cementchi” darvozasini o'qqa tutdi va “Andijon” hisobda oldinga olib chiqishga erishdi – 1:2.

Tabiiyki ushbu goldan keyin stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarning kayfiyati biroz tushib ketdi. Buni yaxshi his qilgan “Cementchi” futbolchilari asosiy etiborini mag'lubiyatdan qutilib qolishlikka qaratdi. Hujumlarning birida quvasoyliklar muvozanatni tikladi. Rahmatullo Meliboev burchak to'pini o'yinga kiritdi.  Avvaliga Jamshid Qobulov to'pni darvozaga yo'llashga urindi, so'ngra markaziy himoyachi Azamjon Samijonov jarima maydoni ichida beetiborsiz qolib ketdi va to'pni darvozaga aniq yo'lladi – 2:2.

Hisob tenglashgach, “Andijon” yoshlar jamoasi o'z omadini yana raqib jarima maydoni ichidan izladi. Ro'zivoy Abdug'afforov deyarli yuz foizlik imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. SHuningdek Baxtiyor Qosimovning zarbalariga ham birozgina aniqlik etishmadi. “Burgutlar”ning hujumlari xavfli tus ola boshlagach, mezbonlar ustozi himoyani mustahkamlash maqsadida zaxiraga olingan Oqilbek Mahmudov yana qayta maydonga chiqardi. SHundan ham bilish mumkinki, raqib qolgan vaqt davomida “Andijon”ni yanada xurmat qila boshladi va o'z maydonida muxlislarini quvontirish uchun jiddiy kurashdi.

Ikkinchi bo'limning so'nggi 10 daqiqasi o'tib borayotganida andijonlik futbolchilar deyarli butun jamoa bo'lib hujumga tashlandi. Quvasoyliklar esa bundan unumli foydalanib qoldi. Elyor Mamasoliev qarshi hujumni samarali yakunlab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqishga erishdi – 3:2.

SHu tariqa nazorat uchrashuvida “Andijon” yoshlari mag'lubiyatga uchradi. Eslatib o'tamiz, bundan oldin yoshlarimiz “Yozyovon-Lochinlari” bilan 1:1 hisobida durang qayd etib, “Navbahor” o'rinbosalarini  3:1 hisobida mag'lub etgandi.

Endi “Andijon” yoshlar jamoamiz 2 avgust kuni “Paxtakor”ga qarshi kechadigan yoshlar ligasining 16-turidan o'rin olgan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi.

27.07.2016

Nazorat uchrashuvi.

“Cementchi” – “Andijon” 3:2 (1:1).

Quvasoy. “Cementchi” stadioni.

Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov.

Gollar: Abdulla Abdullaev, Azamjon Samijonov, Elyor Mamasoliev – Jahongir Maqsudov, Xondamir Yuldashev.

“Cementchi”: 16. Ilhom Jumanov, 2. Jo'rabek Yoqubov, 23. Oqilbek Mahmudov, 5. Abduxoliq Qurbonov (S), 9. Jamshid Qobulov, 17. Sunnatillo Ermatov, 13. Abdulla Abdullaev, 4. Rahmatullo Meliboev, 5. Otabek Ahmadaliev, 21. Elyor Mamasoliev, 7. Davron Isoqov.
Zaxiradan tushganlar: 3. Madamin Mahmudov, 10. Sardor Sotvoldiev, 15.Sardor Suyunov, 20. Azamjon Samijonov.

“Andijon”: 50. Barakatullo Isroilov, 4. Dilmurod Mahmudov (S), 67. SHoyad Mullajonov, 45. Artur Mamatkazin, 7. SHoxruh Ergashev, 14. Abror Komilov, 8. Baxtiyor Qosimov, 20. Eldor Jonibekov, 28. SHoxjahon Hasanov, 33. Jahongir Maqsudov, 18. Avaz Olimjonov.
Zaxiradan tushganlar: 17. Xondamir Yuldashev, 11. Bobur O'rishev, 70. Ro'zivoy Abdug'afforov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика