So’nggi yangiliklar

07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  3 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0

“Andijon”: Nazorat o'yinlarida durang va mag'lubiyat Yangiliklar

“Andijon”: Nazorat o'yinlarida durang va mag'lubiyat

Teglar :  Andijon
Andijonliklar kecha ikkita nazorat uchrashuvini tashkil etdi.

Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi asosiy jamoamiz Quvasoyda “Cementchi” bilan bellashdi. Garchi uchrashuv o'rtoqlik maqomiga ega bo'lsada, o'yin shiddatga boy tarzda kechdi. Qolaversa shu kuni stadion ham ashaddiy ishqibozlar bilan gavjum bo'ldi. Ammo uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. 

27.02.2016

Nazorat uchrashuvi.

“Cementchi” - “Andijon” 0:0

Quvasoy. “Cementchi” stadioni.

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov.

“Cementchi”: Eldor Isaboev, Abduxoliq Qurbonov, Jo'rabek Yakubov, Davron Mamatov, Oqiljon Mahmudov, Aziz Matkarimov, Sardor Sotvoldiev, Rahmatillo Meliboev, SHukur Jumaboev, Nurlibek Talasboev, Abdurazzok Jo'raev.

Zaxira: Ilhom Jumanov, Jamshid Qobulov, Alisher Fayzullaev, Muhammadsulton Fozilov, Elyor Mamasoliev, Sardor Suyunov, Bahodir Qodirov.

“Andijon”: Xurshid Xo'jaev, Ibrohim Rahimov, Davron Tursunov, Javlon Guseynov, Iqbol Boboxonov, Otabek Valijonov, G'ulom O'runov, Rabbim Hasanov, Ibrohim Otaxonov, Alisher SHog'ulomov, Anvar Berdiev.

Zaxira: Akmal Tursunboev, Tursunboy Husanov, Bobur Akbarov, Azamat Isroilov, Farhod Bekmurotov, Timur Vasilev, Islombek Isoqjonov, Abdumalik Abdullaev.

Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, bir necha mavsum “Andijon” sharafini himoya qilib, muxlislar yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Mirzakamol Kamolov bilan kuni-kecha do'stona ravishda hayrlashdik. Endilikda futbolchi o'ziga yangi jamoa topadi. Kamolovning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz. 

Darvoqe, bugun tushlikdan so'ng  asosiy tarkib azolariga qisqa muddatli tatil beriladi. Tarkibdagi o'zgarishlar haqida keyinroq yana batafsil malumot beramiz.  

Vitaliy Legay boshqaruvidagi “Andijon” yoshlar jamoasi ham kecha safarda nazorat o'yinida ishtirok etdi. Birinchi liga ishtirokchisi “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi kechgan bahsda yoshlarimiz 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

“Andijon” yoshlari tarkibi shu kuni quyidagi ko'rinishda bo'ldi: Nodir Ashurmatov, SHoxruh Ergashev, Artur Mamatkazin, Dilmurod Mahmudov, Jahongir Ismatov, SHoxjahon Hasanov, Baxtiyor Qosimov, Salohiddin Salohiddinov, Farruh Mirzaev, SHoxsulton Parpiev, Xondamir Yuldashev. 

Ikkinchi bo'limda tarkib o'zgardi: Barakatillo Isroilov, Ro'zivoy Abdug'afforov (Mamur Rahimov), Ahror O'ktamov, SHoyad Mullajonov, Bunyod Jakbarov, Alisher Abduvohidov, Abror Komilov, Ulug'bek Usmonov, Hotam Haydarov, SHoxjahon No'monov, Avaz Olimjonov. 

Bugun yoshlarimizga dam berildi. Ertadan futbolchilar jamoa qarorgohida yig'iladi va 6 mart kuni “Paxtakor” yoshlariga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko'radi.    


"Andijon" FK matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика