So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  8 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

"Andijon" - "Navbahor". O'yin atrofidagi voqeliklar Yangiliklar

"Andijon" - "Navbahor". O'yin atrofidagi voqeliklar

Teglar :  Navbahor Andijon
Xabaringiz bor, kecha Superliga 3-turi doirasida "Andijon" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi.

Ushbu uchrashuv natijasi haqida barchangizning xabaringiz bor albatta.Keling, bugun sizlar bilan mana shu o'yin atrofida yuz bergan voqeliklarni ko'rib chiqamiz.

Doimgidek, uchrashuvni yoritib borish uchun Andijon shahri tomon yo'lga otlandik.

Viloyatga kirib borar ekanmiz, dastlab bizni mana shu surat qarshi oldi.



Keyinroq Andijon shahriga kirayotganimizda ushbu manzaraga guvoh bo'ldik. Demak biz Andijonga etib kelganligimizni his qildik.


"Andijon" jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Sog'lom avlod" o'yingohiga etib kelganimizda muxlislar tashrifi allaqachon boshlangan, sal nariroqda esa chipta sotib olish uchun bir talay muxlislar bor edi.


Bu orada avtomobillarga o'rnatilgan maxsus bayroqlar bilan "Navbahor" muxlislari o'yingohga etib kelishdi.



Bu "Sog'lom avlod" o'yingohiga kirishimiz bilanoq olingan surat. Maydon holati ajoyib darajada, to'plar ham o'yinga tayyor holatda turibdi.



Mehmon jamoa muxlislari o'zlari uchun ajratilgan sektorlarni to'ldirib borishmoqda.



Bu esa "Navbahor" muxlislariga sezdirmasdan olingan surat.




Bu esa "Andijon" fan klubi azolariga sezdirmay olishga olishga urinib ko'rilgan surat. Bir ikki nafar muxlis va tartib posboni baribir sezib qoldi.



Ayni damda jarohatini davolayotgan Abdujamol Isroilov ham jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun "Sog'lom avlod" o'yingohiga etib kelibdi. Imkoniyatdan foydalanib "Neftchi" matbuot xizmati vakili Bahodir Ergashev bilan birga suratga tushirdik.


Yuqoridagi ikki suratlar esa o'zingizni yoki tanishlaringiz toping deb nomlanadi. Qidirib ko'ring, balki toparsiz, uzoq masofadan turib olingan kadrlar.



Bu muxlislarni o'tgan gal Namangandagi uchrashuvda ham suratga olgandik, iltimos qilishdi, yana oldik, shunday davom etsa mashhur bo'lib ketishadigan ko'rinadi.



Vodiy derbisini tomosha qilish uchun o'yingohga "Qo'qon-1912" matbuot xizmati vakili Akramjon Mamadaliev, taniqli jurnalist Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li va yuqorida ham aytganimizdek "Neftchi" matbuot kotibi Bahodir Ergashevlar etib kelishibdi.


Bu orada "Andijon" jamoasining joriy mavsumda o'z maydonidagi ilk uchrashuvining ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari davom ettirilayotgan edi.


O'z navbatida har ikki jamoa vakillari chigalyozdi mashg'ulotlarni olib borishdi.



O'yindan oldin taniqli sanatkorlar va yosh sportchilarning chiqishlari muxlislar kayfiyatini yanada ko'tarilishiga zamin yaratdi.


Nihoyat muxlislar olqishlari ostida har ikki jamoa vakillari maydonga tushib kelishdi. Uchrashuvdan oldin rasmiy shaxslar ishtirokida Andijonda katta futbol mavsumining ochilish marosimi tashkil etildi.



Ochilish marosimidan so'ng "Sog'lom avlod" o'yingohi uzra O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.



Mazkur tur doirasidagi barcha uchrashuvlar Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlangan bir daqiqalik sukut bilan bilan boshlandi, kecha ham ushbu anana davom ettirildi. "Andijon" fan klubi vakillariga yaxshilab razm solsangiz, ular Mirabor Zufarovich xotirasiga bag'ishlab maxsus banner tayyorlashganligini ko'rasiz.



O'yindan oldin "Navbahor" vakillarini uzoq masofadan turib suratga olishga muvaffaq bo'ldik. "Andijon" jamoasi vakillariga esa ulgurmay qoldik, biz qatori siz suratda ko'rib turgan fotograflar ham.


Nihoyat orziqib kutilgan uchrashuv start oldi.


Bo'limlar orasidagi tanaffus vaqtida "Andijon" futbol klubi vakillari tomonidan "Omadli muxlis" akciyasi tashkil etildi va g'olib bo'lgan muxlislar turli xil qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Yuqorida ham aytib o'tdik, kecha bo'lib o'tgan vodiy derbisida qayd etilgan natijadan xabar topib ulgurdingiz. SHu bois o'yin xususida to'xtalib o'tirmadik.

Umid qilamizki, ushbu fotomaqola orqali "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi atrofida yuz bergan voqeliklar haqida etarlicha tasavvurga ega bo'ldingiz. Etiboringiz uchun barchangizga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz.



Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика