So’nggi yangiliklar

20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  1 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:50"Ар Риёд" — "Ал Файха". Шукуров асосий таркибда  1 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  20 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11 18:57Жарред Брэнтуэйт - "Реал"нинг мақсади  1 18:29"Милан" ва Пулишич 2028 йилгача мўлжалланган шартнома имзолайди. Вингернинг маоши 5 млн еврогача оширилади  0 18:00"Барселона" Гринвуд номзодига қайтди  3 17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  2 17:01Бабаян терма жамоадан нега "чопгани", футболни ким сабаб тугатгани ҳақида - Санжар Турсунов  3 16:47Суперлига-2025. Энг қиммат легионерлар ТОП-10  9 16:33Мбаппе, Куртуа ва Валверде "Реал"нинг бугунги ўйинини ўтказиб юборади  5 16:03U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонни мағлуб этган Корея Республикаси пенальтилар сериясида ютқазди ва финалга чиқа олмади  13 15:51Бир йилда 31та ўйин! Хулоса: Яман ва Индозенияни ютдик, Эрон ва Кореяга ютқаздик  19

“Andijon” lageridan daraklar Yangiliklar

“Andijon” lageridan daraklar

Teglar :  Andijon
“Burgutlar”ning poytaxtdagi yig'ini davom etmoqda.

Jamoa azolari bungacha “Admiral” mehmonxonasida istiqomat qilib kelayotgandi. Bugun tushlikdan so'ng klubimizning vaqtinchalik qarorgohi o'zgardi. Ayni damda “Andijon” FK azolari “Oq-tepa” klubi qarorgohida istiqomat qilmoqda. Barcha sharoitlarga ega bo'lgan ushbu baza jamoamiz uchun har tomonlama qulay bo'lishi turgan gap. Mashg'ulotlar ham endi "Oq-tepa" stadionida o'tadi. 

Bugun jamoamiz safida etiborga molik o'zgarishlar yuz berdi. Bir necha yillardan buyon “Andijon” sharafin himoya qilib kelayotgan Asror Rahmonov bilan do'stona ravishda xayrlashdik. Uning kelgusi faoliyatiga jamoamiz nomidan omad tilab qolamiz. Tarkibga esa avval xabar berganimizdek, Robbim Hasanov kelib qo'shildi. So'nggi ikki yilni “Navbahor”da o'tkazgan markaziy yarim himoyachi joriy mavsumni “Andijon”da o'tkazishi aniq bo'ldi. Bundan tashqari yaqinda “Olmaliq” bilan xayrlashgan Azamat Isroilov ham jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Mavsumlar oralig'ida malum muddat “Buxoro” yig'inida bo'lgan taniqli himoyachi Sahob Jo'raev ham bugundan jamoamiz safiga qo'shildi. Hozircha ushbu futbolchilarning jamoamiz safida qolishi malum emas. Agarda har ikki tomon o'zaro kelishuvga erishsa, katta extimol bilan Isroilov va Jo'raev ham bu yil “Andijon”da o'ynaydi. 

Darvoqe, ertaga jamoamiz ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Rejaga ko'ra soat 11:00da “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli mashg'ulot maydonida “Buxoro” bilan kuch sinashiladi. Tushlikdan so'ng esa yani, soat 14:30da “Oq-tepa”ga qarshi ham nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Bundan ko'zlangan maqsad murabbiylar ayni damda yig'inda bo'lib turgan har bir futbolchiga ko'proq o'ynash imkoniyatini berib, ularni yana bir bor ko'zdan kechirishdir. 


“Andijon” FK matbuot xizmati. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика