So’nggi yangiliklar

00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  1 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  15 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1

"Andijon" jamoasi faqat muxlislar uchun o'ynaydi Yangiliklar

"Andijon" jamoasi faqat muxlislar uchun o'ynaydi

Teglar :  Andijon
So'nggi vaqtlarda chempionatimizda kelishilgan o'yinlar to'g'risidagi gap-so'zlar ancha avj oldi. Ayniqsa, mavsum yakunlanib borayotgan ayni pallada bu mavzu birinchi o'ringa chiqdi.

“Futbol Ekspress” gazetasining 10 noyabr kungi sonida “Artistlar” maqolasi chop etilib, unda 29-turda bo'lib o'tgan ayrim uchrashuvlar shubha ostiga olingani to'g'risida fikr bildirilgan. Ana shu bahslardan biri “Andijon” – “Dinamo” jamoalari uchrashuvida futbolchilar hisob uchun shunchaki o'ynashgani haqida gap borgan.

“Andijon” va “Dinamo” jamoalari o'rtasidagi bellashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi va shu kuni “burgutlar” oliy ligada qolish vazifasini bajarishdi. Albatta, shu kuni muxlislar qayd etilgan natijadan qoniqish hosil qilishmagani tabiiy hol. CHunki hamma ham o'z maydonidagi bahsda sevimli jamoasidan g'alaba kutadi. Boz ustiga “Andijon” bungacha “Bunyodkor” bilan bo'lgan o'yinni inobatga olmaganda ketma-ket uchta uchrashuvda g'alaba qozongandi. Ayniqsa, Farg'onadagi g'alaba haqiqiy sensaciya bo'lgandi. SHu bois ishqibozlar “Dinamo”ni yutishiga ishonishgandi. Lekin bu futbol va unda kutilmagan natijalar ham bo'lib turadi. Yodingizda bo'lsa, “Andijon” jamoasi 25-turdan keyin ham musobaqa jadvalida 15-o'rinda bo'lib, oliy ligadan tushib ketish xavfi ostida turgandi. SHundan keyin “burgutlar”ning o'yinida ijobiy tarafga o'zgarish bo'ldi va jamoa ketma-ket ochkolarni qo'lga kirita boshladi. Buning natijasida “Andijon” beshta o'yinda 10 ochko jamg'ardi. Muxlislarni to'g'ri tushunsa bo'ladi. Ular sevimli jamoalari “Dinamo”ni yutishlarini xohlashgandi. Ammo bu o'yinda andijonliklarga bir ochko ham etardi. SHunga qaramay, futbolchilar g'alaba uchun astoydil harakat qilishdi. Lekin g'alabani qo'lga kiritish nasib etmadi. Bundan ishqibozlarning natijadan ranjishgani tabiiy hol. Ammo shuni aytish kerakki, asosiysi oliy ligada qolish vazifasi bajarildi. Bu esa muxlislarning niyati edi. Qolaversa, “Andijon” futbolchilari faqat muxlislar uchun o'ynaydi. Ammo “FE” gazetasida bu noto'g'ri talqin qilindi. “Andijon” jamoasi mavsum davomida turnir jadvalining pastki pog'onalarida yurdi va ochko zarur paytda birorta uchrashuvni “berib” yuborishi aqlga sig'maydigan gapdir. Agar “Dinamo” sotib olishni xohlaganida Andijonda yutishi kerak edi. Boisi samarqandliklarga durangdan ko'ra g'alaba ko'proq muhim edi. CHunki “Dinamo”ni so'nggi turda “Olmaliq”ni yutishiga kim kafolat beradi? Qolaversa, “Andijon”ning o'ziga yarasha moliyaviy muammolari bor paytda jamoa qanday qilib o'yinlarni sotib olishi mumkin? Boz ustiga jamoa 29-turga kelibgina kuchlilar safida qolish masalasini hal qildi. Xullas “Andijon” jamoasi bunday nopok ishlarga qo'l urmaydi.

“Dinamo” bilan o'yinda muxlislar shubhalanishgan bo'lishlari mumkin. SHu bois jamoaning ayrim futbolchilari bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

ANVAR BERDIEV: ENG ASOSIYSI “ANDIJON” OLIY LIGADA QOLDI


Ikkinchi davrada andijonliklar safiga qo'shilgan Anvar Berdiev jamoani oliy ligada qolishida katta hissasini qo'shdi. Tajribali hujumchi maydonga tushgan uchrashuvlarning aksariyatida gollar urib “Andijon”ga ochkolar keltirdi. Berdiev “Dinamo” bilan bo'lgan o'yin to'g'risida fikrlarini quyidagicha izohladi.

- Avvalo muxlislarimiz shuni tushunishlarini istardim, “Dinamo” bilan o'yinda bizga bir ochko ham suv va havodek zarur edi. Biz maydonga oliy ligada qolish vazifasini bajarish uchun tushdik va yakunda bunga erishdik. Ammo durang natijasini qayd etishimiz har xil fikrlarga sabab bo'lmoqda. Men bir narsaga tushunmayapman, o'yinimiz yaxshi tarafga o'zgardi. “Metallurg”ni o'z maydonimizda yutdik, safarda, Farg'onada kuli raqib “Neftchi”ni mag'lub etib qaytdik. Agar g'alaba qozonsak o'yinni sotib olgan, yutqazsak sotib yuborgan yoki durang bo'lsa kelishilgan, degan gap-so'zlar ko'payib ketdi oxirgi paytda. Bu qanaqa futbol? Muxlislar chempionatimiz saviyasini Angliya, Ispaniya, Germaniya kabi top-ligalarga o'xshashini xohlashadi. Etibor bersangiz, u erda autsayder jamoa peshqadamni mag'lubiyatga uchratishiga ko'p guvoh bo'lganmiz. “Kristal Pelas” “Liverpul” maydonidan g'alaba bilan qaytdi yoki “Stok Siti” amaldagi chempion “CHelsi”ni dog'da qoldirdi. Bundan xulosa qiladigan bo'lsak, “CHelsi” o'z o'yinlarini sotyaptimi? Bizning chempionat ham bunaqangi saviyaga chiqishi uchun bunday natijalarga muxlislar ham ko'nikishlari kerak. Tezda o'yinni sotdi yoki sotib oldi, degan xuosalarga kelishlari kerak emas. Nima, “Andijon” Farg'onada “Neftchi”dan o'yinni sotib olganmidi? O'shandan keyin ko'pchilik “Neftchi” “Andijon”ga yordam berdi degan gap-so'zlar ham tarqaldi. “Neftchi” Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashayotgandi va ularda buning uchun imkoniyat bor edi. SHu bois farg'onaliklar yutqazishni xohlashmagandi. Boz ustiga “Neftchi”dek klub vodiy derbisida o'z uyida autsayder “Andijon”ga mag'lub bo'lishni xohlamasdi. Bu futbol.

- “Dinamo” bilan bo'lgan o'yinda 90 daqiqa davomida harakat qildingiz. Nima deb o'ylaysiz, muxlislar atishayotgandek bu o'yinda futbolchilar maydonda shunchaki to'p surishdimi?

- Men boshqalar emas o'zim haqimda gapirishni xohlayman. “Bunyodkor” bilan o'yinda oyog'imdan jarohat olib maydonni erta tark etgandim. SHu sababli “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda maydonga ukol olib tushdim. Agar “Dinamo” bilan o'yin kelishilganda men jarohat bilan maydonga tushib nima qilardim? Jarohatim bo'lishiga qaramay jamoaga yordam berishga harakat qildim. Tan olaman, shu kuni o'yinim yaxshi chiqmadi va harakatlarimdan ko'nglim to'lmadi. SHunga qaramay, oxirigacha kurashdik. Ko'rdingiz, maydonning holati yaxshi emasdi. SHu ham o'yinga o'z tasirini ko'rsatdi deb o'ylayman. Ammo eng asosiysi shu kuni o'zimiz uchun kerak bo'lgan bir ochko olib, jamoani oliy ligada olib qoldik. Menimcha, muxlislarimiz uchun eng muhimi shu edi. Xudoga shukr, ishqibozlar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. 5-6 tur oldin kim o'ylagandi, “Andijon” ketma-ket g'alabalarga erishib, Farg'onada “Neftchi”ni ham yutishini. Biz muxlislar uchun o'ynadik va ularning niyatini amalga oshirdik. SHuning uchun ishqibozlarimiz “Dinamo” bilan bo'lgan o'yindan xafa bo'lishmasa ham bo'ladi. Uchrashuv oxirida ular “artistlar” deb hayqirishgani to'g'risida gaplarni eshitdim. O'sha paytda oyog'im og'riyotgani uchun kiyinish xonasiga ertaroq kirib ketdim. SHu sababli o'yin oxirlarida almashtirishlarini o'zim so'ragandim. Ichkariga kirib ketganim bois muxlislar nima deyishganini eshitmay qoldim. Mening fikrimcha, bu noto'g'ri albatta. Biz muxlislar uchun o'ynadik va jamoani oliy ligada olib qoldik. SHu bois uydagi oxirgi o'yinda ishqibozlar jamoani munosib kuzitib qo'yishlari kerak edi. CHunki “Andijon” juda qiyin vaziyatdan chiqib ketdi. Ikkinchi davra boshlanganda ham ko'pchilik “Andijon”ni birinchi ligaga tushib ketishi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rsatgandi. SHunday holatdan biz jamoani olib chiqib ketdik. Bunga esa muxlislarimizning daldasi va kuchi bilan erishdik.   

JAVLON GUSEYNOV: G'ALABAGA ISHONIB YUBORGANIMIZ EVAZIGA TO'P O'TKAZIB YUBORDIK   


Iqtidorli futbolchi Javlon Guseynov joriy mavsumda “Andijon” jamoasi sharafini munosib himoya qilmoqda. Bu futbolchi ham “Dinamo” bilan bo'lgan o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- “Dinamo” bilan o'yin biz uchun oddiy uchrashuv emasdi. Bu o'yingacha jamoamizni kuchlilar safida qolishi yuz foizga aniq emasdi. SHu bois maydonga faqat g'alaba ishtiyoqida tushgandik. Albatta, “Dinamo” ham Andijonga ochko olish maqsadida kelgandi. CHunki samarqandliklar oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapti va ularga ham yutuq kerak edi. Buni inobatga olsak, o'yin oson kechmasligi aniq edi. Bu bahsda bizni bir ochko ham qoniqtirardi. Sababi durang o'ynasak ham oliy ligada qolish vazifasini bajarardik. Maydonga chiqib borimizni berib harakat qildik. Uchrashuv oxirlarida hisobni ham ochdik. Gol urganimizdan keyin g'alaba qozonishimizga ishonib yuborib xotirjamlikka berildik shekilli, darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. SHuning uchun bu erda hech qanday shubhali holatlarga o'rin yo'q.  Agar “Dinamo” bilan kelishganimizda yutqazib berishimiz kerak edi. CHunki samarqandliklarga ayni paytda bir ochkodan ko'ra 3 ochko ko'proq zarur edi. SHu bois muxlislarimiz bunday o'ylamasliklari kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика