So’nggi yangiliklar

23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

"Andijon" ikkiga bo'linib o'yin o'tkazdi Yangiliklar

"Andijon" ikkiga bo'linib o'yin o'tkazdi

Teglar :  Andijon
Oliy ligada kichik tanaffus yuz bergani bois “Andijon” ayni paytda o'z qarorgohida tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoamiz 21-turda o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qiladi.

Oliy ligadagi tanaffus natijasida 6 sentyabr kuni “burgutlar” qo'shni jamoa “Neftchi”ga qarshi nazorat uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirishgandi. Bu o'yin “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo farg'onaliklar o'yinni bekor qilishdi. Natijada Sergey Kovshov kecha ikki tomonlama o'yin o'tkazib futbolchilarni sinab ko'rdi. Maydonda “Sariqlar” va “Ko'klar” kuch sinashishdi. Bu bahsda “Sariqlar” 4:1 hisobida ustun keldi. Ibrohim Otaxonov va Anvar Berdiev dublga erishishgan bo'lsa, “ko'klar”dan Lochin Soliev o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Birinchi bo'limda “Sariqlar” safida harakat qilgan Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev va Asqar Jadigerov ikkinchi taymda “Ko'klar” tarkibida to'p surishdi.   

 “Sariqlar” tarkibi: Gennadiy Moshnyaga, Iqbol Boboxonov, Javlon Guseynov, Davron Tursunov, Asror Rahmonov, Ibrohim Otaxonov, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev, Asqar Jadigerov, Rustam Azamov, Anvar Berdiev.

“Ko'klar” tarkibi: Eldor Isaboev, Rahim Qodirov, Tunsunboy Xusanov, Umrillo Ramozonov, SHoxsulton Parpiev, Farruh Mirzaev, Farhod Bekmurodov, SHukur Jumaboev, Abdulatif Abduqodirov, Abdumalik Abdullaev, Lochin Soliev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Xondamir Yuldashev, Xayal Ismoilov.

Gollar: I.Otaxonov (2 ta), A.Berdiev (2 ta) – L.Soliev.


“Andijon” klubi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика