So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

“Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Bekoboddagi turnirda kumush medallarni qo'lga kiritdi Yangiliklar

“Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Bekoboddagi turnirda kumush medallarni qo'lga kiritdi

Teglar :  Andijon
23-28 mart kunlari Toshkentning viloyatining Bekobod shahrida Navro'z bayrami munosabati bilan 2004-2005 yillarda tavallud topgan bolalar o'rtasida Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.
Unda “Andijon”  futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni egalladi. Turnirda jami 11ta jamoa qatnashganini aytish lozim. To'lqin Kamolov bosh murabbiyiligidagi “Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari yarim finalda Bekobodning “Metallurg” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan xolda, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Finalda esa Toshkentning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahsda andijonliklar 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi. SHu tariqa tarbiyalanuvchilarimiz musobaqada kumush medallarini qo'lga kiritdi. Taikdlash joizki, turnirda Arabboy Abdurahmonov “Eng yaxshi yarim himoyachi” nominaciyasida g'olib chiqdi. Iqtidorli hujumchi Abdumalik Do'stmatov esa “Eng yaxshi to'purar” bo'ldi.



Bugun Bo'ston dahasida joylashgan “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi”ning majlislar zalida musobaqa qatnashchilarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda “Andijon” FK vice-prezidenti Jahongir Madixonov ham qatnashdi. SHuningdek yosh futbolchilarning ota-onalari ham tadbirda ishtirok etib, farzandlarining yutuqlaridan behad quvondi.

Tadbirni “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi” direktori Bekzodbek Karimov ochib berar ekan, jumladan shunday dedi: Assalomu alaykum xurmatli ota-onalar, maktabimiz tarbiyalanuvchilari. Sizlarni Bekoboddagi turnirda kumush medallarini qo'lga kiritganinglar bilan tabriklayman. O'ylaymanki bu bilan cheklanib qolmaymiz va qaysi turnirda ishtirok etmaylik faqat sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boramiz. Fursatdan foydalanib viloyatimizning bosh jamoasi bo'lmish “Andijon”  futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Maqsadimiz ushbu jamoaga munosib o'yinchilarni etkazib berish. Klub tomonidan maktabimizga bo'layotgan etibor yuqori darajada. Rahbariyatning bizdan umidi katta. Nasib qilsa biz ham bunga javoban astoydil ishlab, “Andijon” jamoamizga iqtidorlarni etkazib beramiz.



SHundan so'ng so'z navbati “Andijon” klubi vice-prezidenti Jahongir SHavkatovichga berildi: Xurmatli tadbir qatnashchilari va ota-onalar. Rostini aytsam, siz bolajonlarning Bekobodda o'tkazilgan turnirda kumush medallarni qo'lga kiritganinglarni eshitib barchamiz birdek quvondiq. Har bir o'yininglarni telefon orqali bo'lsa ham bilib turdik. Jamoada bu yildan ish boshladim. Asosiy maqsadimiz mahalliy o'yinchilarga bo'lgan etiborni yanada oshirish. Mana bu yil “Andijon” jamoamizga 80-90 foiz andijonlik bo'lgan yigitlarni yig'dik. Ularga yana boshqa viloyatlik bo'lgan qarashlarimizga mos tushgan o'yinchilarni qo'shib, kurashchan jamoa tuzishga xarakat qildik. Rejamizga ko'ra ushbu jarayon kelgusida ham davom etadi. Eng avvalo mahalliy yoshlarga ishonch bildirishni o'z oldimizga ustuvor vazifa qilib olganmiz. Siz yosh futbolchilarga esa maslahatim o'z ustinglarda astoydil yanada ko'proq ishlanglar. Bolalar futbolida natija birinchi o'ringa chiqmasligi kerak. Ishonamanki bundan keyin ham futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari yaxshi yutuqlarga erishadi. Bu borada murabbiylarga ham omad va zafar yor bo'lishini tilab qolaman.



Tadbir yakunida ota-onalar o'z farzandlari bilan estalik uchun suratga tushishdi. Murabbiy To'lqin Kamolov esa shu asnoda bizga turnir tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi: Bekoboddagi turnirda faxrli ikkinchi o'rinni olib qaytdik. Avvalambor ushbu musobaqaga borib, ishtirok etishimizni taminlab bergan rahbariyatga minnatdorchilik bildirib qolaman. O'tkan yili ham ushbu turnir Bekobodda tashkil etilgandi. Joriy yilgi musobaqada shogirdlarim o'zlarini ko'rsatishga erishdi. Bu yil 11ta jamoa qatnashdi. Final yo'llanmasini qo'lga kiritish ham oson bo'lgani yo'q. Mexnat va ishtiyoq evaziga 2-o'rinni oldik degan bo'lardim. Musobaqada tashkilotchilik ham zo'r bo'ldi. Ularga ham jamoamiz nomidan rahmat aytib qaytdik. Eng asosiysi bolalarda xursandchilikni ko'rasiz. Ularni kelajakda “Andijon” jamoasiga munosib o'yinchi sifatida tayyorlab berishga xarakat qilamiz.



Turnirda ishtirok etganlar futbolchilar:
1. Arabboy Abduruhmonov
2. Izzatillo Akbarjonov
3. Oyatillo Abdumutalipov
4. Fayzullo Boltaboev
5. Abdumalik Do'stmatov
6. Abdulhamid  Do'stmatov
7. Oyatullo Isomiddinov
8. Ulug'bek Turg'unov
9. Ro'zimuhammad Nuritdinov
10. Xojiakbar Mahmudov
11. Muhammadro'zi Maqsudov
12. Asadbek Xoliqov
13. Kamron Mamarasulov
14. Abdulaziz Inaqov
15. Muhammadaziz To'lqinboev
16. Xusanboy Habibullaev.
Murabbiy: To'lqin Kamolov.

“Andijon” FK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика