So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

“Andijon” futbol klubining bayram tadbiri bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Andijon” futbol klubining bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Teglar :  Andijon
Malumki, “Andijon” futbol klubi joriy mavsum PRO-Ligada ishtirok etib, muddatidan avval Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

SHu munosabat bilan klub rahbariyati 28 dekabr kuni bayram tadbirini tashkil etdi. Mazkur tadbir shahardagi hashamatli “Andijon” tantanalar saroyida o'tkazildi.

Unda “Andijon” jamoasi murabbiylar shtabi, futbolchilar, ishchi xodimlar, “Andijanka” ayollar jamoasi futbolchi qizlari, viloyat hokimligi vakillari, viloyat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi, viloyat futbol federaciyasi rahbariyati ishtirok etdi.

SHuningdek Andijon viloyatida sportni xususan futbolni rivojlantirish yo'lida xizmat qilayotgan kishilarning ayrimlari ham etibordan chetda qolmadi. “Andijon” ishqibozlar klubi faollari va faxriy muxlislar ham tadbirga mehmon sifatida taklif etildi.

Bayramona ruhda o'tgan kechada mahalliy sanatkorlar o'zlarining diltortar qo'shiqlari bilan kechaga zavq ulashgan bo'lsa, raqqosa qizlar o'zlarining o'yinlari bilan “og'alar” kulgu guruhi esa askiyalari bilan mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

“Andijon” futbol klubi rahbariyatining talqiniga ko'ra, har bir chiziq bo'yicha jamoa safida xarakat qilgan yilning eng yaxshilari elon qilinib, ularning video roliklari katta ekranda namoyish etildi.

Bundan tashqari yil davomida “Andijon” jamoasini ommaviy axborot vositasida keng tarzda yoritib borgan bir qator jurnalistlar klub vice-prezidenti Marufjon Abdisalomov tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

SHu tariqa tadbir ko'tarinki ruhda yakun topdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика