"Andijon" darvozaboni jarohat sababli mavsum boshini o'tkazib yuboradi
07 fev 10:35
Yangiliklar
"Andijon" darvozaboni jarohat sababli mavsum boshini o'tkazib yuboradi
"Andijon" darvozabon Eldor Adhamov qo'lidan jarohat olgani bois vaqtincha safdan chiqdi.
Uning sog'ligi borasida Andijon klubining shifokori Salomxon Qosimov quyidagicha malumot berdi:
“Afsuski, darvozabonimiz Eldor Adhamov qo'lidan jarohat oldi va rentgen tekshiruvlarini o'tkazganimizdan so'ng uning o'ng qo'l kaft suyagining to'rtinchisida sinish borligi aniqlandi va Antaliya shahridagi “Antaliya Hospital” shifoxonasida o'ng qo'l kaft suyagining to'rtinchisini repoziciya - tiklab to'g'rilash bo'yicha jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Qo'liga gips bog'lamasi qo'yilgan. Hozirgi kunda holati yaxshi, xavotirlanishga hojat yo'q. Eldor Adhamov Xudo xohlasa, mart oyining boshlariga asosiy mashg'ulotlarga qo'shiladi”, - deydi jamoa shifokori.
Eslatib o'tamiz, Superliga bahslari 1 martdan start oladi.
Fikrlar