"Andijon" bosh direktori klubdagi moliyaviy muammolar haqidagi xabarga izoh berdi

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2023, 10:53
Kecha saytimizda "Andijon" jamoasida moliyaviy muammolar va taom taminotidagi kamchiliklar haqida xabar chop etilgan edi.

Eshitdik-da! "Andijon"da maosh va mukofot pullaridan darak yo'q. Jamoani murabbiy ovqatlantirmoqda 

Mazkur holat yuzasidan klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev o'z fikrini bildirib o'tdi. 

"Darhaqiqat, maosh va mukofotlar bo'yicha qarzdorlik mavjud. Biz bu yerda hech narsani yashirmoqchi emasmiz va qarzlarni imkon qadar tezroq yopishga harakat qilamiz. Lekin saytingizda e'lon qilingan xabarning ikkinchi qismi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Futbolchilarning ovqatlanishiga murabbiyning yonidan emas, klub byudjetidan homiylar hisobidan to'lanadi",- deydi Ulug'bek Mirzaev

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia