

Eshitdik-da! "Andijon"da maosh va mukofot pullaridan darak yo'q. Jamoani murabbiy ovqatlantirmoqda
Mazkur holat yuzasidan klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Darhaqiqat, maosh va mukofotlar bo'yicha qarzdorlik mavjud. Biz bu yerda hech narsani yashirmoqchi emasmiz va qarzlarni imkon qadar tezroq yopishga harakat qilamiz. Lekin saytingizda e'lon qilingan xabarning ikkinchi qismi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Futbolchilarning ovqatlanishiga murabbiyning yonidan emas, klub byudjetidan homiylar hisobidan to'lanadi",- deydi Ulug'bek Mirzaev



