"Andijon": Baxtiyor Qosimov oliy ligada debyut qildi
24 apr 2016 12:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205921_original.jpg)
![](/upload/storage/205921_220.jpg)
"Andijon": Baxtiyor Qosimov oliy ligada debyut qildi
1995 yili Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanida tavallud topgan ushbu futbolchi nihoyat oliy ligada ilk uchrashuvini o'tkazdi. Jizzaxliklarga qarshi kechgan bahsning 61-daqiqasida G'ulom O'runovga almashtirilgan Qosimov birinchi o'yinida ko'p ham hayajonlanmadi. Aksincha o'yinga kirishib ketish uchun astoydil xarakat qildi. Muhimi iqtidorli futbolchining debyuti omadli chiqdi.
Umid qilamizki, Baxtiyor Qosimov yaqin orada asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kelgusida ham o'z ustida astoydil ishlashni kanda qilmaydi va sog'lom raqobatda taslim bo'lmaslikka intiladi.
“Andijon” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning asta-sekin mahalliy yoshlarga etibor qaratishni boshlaganini etirof etish joizdir. Buni Qosimovning kechagi bahsda zaxiradan maydonga tushirilgani bilan izohlash mumkin. Bosh murabbiy bundan tashqari yana yoshlar jamoasidagi boshqa iqtidorli futbolchilarni ham kuzatib borayotganini aytish lozim.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar