“Andijon”: Baxtiyor Ashurmatov ishga kirishdi

2 fev 2016, 07:05
1 fevral, dushunba kuni tushlikdan so'ng “Andijon” jamoasi Toshkentda yig'ildi.

 Poytaxtdagi “Admiral” mehmonxonasi endilikda klubimizga vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o'tab beradi. Klub vice-prezidenti Maruf Abdusalomov kecha jamoa a'zolari ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazib, yangi bosh murabbiyni rasman tanishtirdi. Endilikda jamoamiz mavsumga Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida tayyorgarlik ko'radigan bo'ldi. Bugun tushlikka qadar futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va yangi murabbiy qo'li ostida mashg'ulotlarga kirishadi. 

"Andijon" FK matbuot xizmati. 

 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia