“Andijon” Asror G'ofurov bilan shartnoma imzoladi
04 fev 2019 15:54
Yangiliklar
“Andijon” Asror G'ofurov bilan shartnoma imzoladi
Asli o'zbekistonlik bo'lgan, ammo so'nggi yillarni Turkiyaning turli ligalarida o'tkazib kelayotgan legionerimiz Asror G'ofurov joriy mavsumdan faoliyatini O'zbekiston Superligasida davom ettiradigan bo'ldi.
Iqtidorli futbolchi yaqinda “Andijon” jamoasi bilan rasman kelishuvga erishdi.
Malumot uchun, Asror G'ofurov 1995 yil 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yili G'ofurov Turkiyaning “Manisaspor” klubiga ko'chib o'tgandi. Keyinchalik Asror u erda bir qator jamoalar sharafini himoya qildi.
24 yoshli futbolchi maydonda markaziy yarim himoyachi va o'ng qanot yarim himoyachisi vazifasini birdek bajara oladi. So'nggi paytlarda G'ofurov asosan markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynab kelgan. Uning Turkiyadagi oxirgi jamoasi “Ichelspor” hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar