"Andijon-2" klubi nomi o'zgardi
12 jan 2023 23:50
Yangiliklar
"SHu kunga qadar “Andijon-2” PFK masuliyati cheklangan jamiyati yuridik nomi bilan faoliyat yuritib kelayotgan jamoamizning nomi o'zgardi.
Jamoa bosh xomiysi Andijon shirin gaz servis korxonasi bo'lganligini inobatga olib, klub tasischilarining taklifiga binoan yuridik nomga o'zgartirish kiritildi.
Unga ko'ra, jamoamiz endilikda "Andijon-SGS" PFK masuliyati cheklangan jamiyati nomi bilan qayd etiladi.
Bu bo'yicha davlat xizmatlari agentligidan klub nizomiga o'zgartirish kiritilib, qayta ro'yxatdan o'tkazildi. SHuningdek jamiyatning muxr va shtampi ham yangilanib, O'zPFLga taqdim etildi.
SHuni inobatga olib, ommaviy axborot vositalari va futbol jamoatchiligini jamoamizning yuridik nomi o'zgargani hamda shu bilan birga klub ramziga ham kichik o'zgartirish kiritilgani bilan xabardor etishni lozim topdik", -deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar