“Andijanka” hal qiluvchi bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda Yangiliklar

“Andijanka” hal qiluvchi bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

Teglar :  Andijanka
“Andijanka” ayollar jamoasi ayni damda mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionatiga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bosh murabbiy Orif Mamatkazin kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda. Yaqinda “Turon-S-2” erkaklar futzal jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi tashkil etildi va uning birinchisida “Andijanka” 10:9 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, keyingi uchrashuvda 6:4 hisobida jamoamiz zafar quchdi. Mazkur o'yinlar orqali murabbiy futbolchilarning imkoniyatini yana bir bor ko'zdan kechirib oldi.

Eslatib o'tamiz, chempionatning navbatdagi hal qiluvchi bosqichi 23-27 mart kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport arenasida bo'lib o'tadi. Jamoamiz vice-prezidenti Abdisalomov Marufjon Jamoldinovich bu yil "Andijanka"ga oltin medallarni qo'lga kiritish vazifasini qo'ygan.

“Andijanka” jamoasi 22 mart seshanba kuni erta tongda Andijondan Toshkentga jo'nab ketadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика