“Anderlext” 13 apreldan mashg'ulotlarni boshlaydi
12 apr 2020 09:57
Yangiliklar
“Anderlext” 13 apreldan mashg'ulotlarni boshlaydi
Belgiyaning “Anderlext” klubi 13 apreldan o'z klubi qarorgoihida to'laqonli mashg'ulotlarni boshlaydi.
Ilgariroq Belgiyaning boshqa klubi - “Genk” rahbariyati ham shunday qarorga kelgandi.
“Dushanba kunidan boshlab futbolchilar klub qarorgohida to'planishadi va xavfsizlik hamda gigiena qoidalariga amal qilgan holda odatiy mashg'ulotlarga kirishishadi”, deya jamoa sardori Vensan Kompanining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TMW.
Belgiya chempionati Evropa qitasidagi mamlakatlar orasida birinchi bo'lib muddatidan oldin yakuniga etkazilgandi. Qitaning boshqa davlatlari singari Belgiya chempionati bahslari ham koronavirus pandemiyasi tufayli to'xab qolgandi.
Ayni paytda ushbu mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 28 mingdan oshgan. SHulardan 5986 kishi bu darddan forig' bo'lgan bo'lsa, 3346 kishi yorug' olam bilan vidolashgan.
Fikrlar