So’nggi yangiliklar

20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  2 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  2 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  8 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  45 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  8 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  7 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  6 15:23Мессидан автограф олган ҳакам жазоланди  11 15:17Назорат учрашуви. "Қизилқум" "Дордой"ни таслим этди  0 13:59"Реал" ТВ ЧЛ 1/8 финали ҳақида: "Атлетико" - ВАР ишга тушганидан кейин ҳакамлар энг кўп ёрдам бераётган жамоа"  53 13:30Назорат учрашуви. "ФарДУ" Тошкентда "ОшМУ Алдаер"дан устун келди  7 12:58Неймар "Ал Ҳилол"да сотиб олган қиммат машиналарини Бразилияга олиб келолмайди  8

Anda jonim qoldi mening yoxud Bobur yurtida futbolimizning 110 yillik tantanalari Yangiliklar

Anda jonim qoldi mening yoxud Bobur yurtida futbolimizning 110 yillik tantanalari

Xabaringiz bor, bu yil o'zbek futboli tashkil topganiga 110 yil to'ldi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi shonli sanani munosib nishonlash, uni tarix sahifalariga muhrlash maqsadida xayrli ishga qo'lga urgan edi. Unga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida qutlug' sana munosabati bilan turli tadbirlarni o'tkazish rejasi ishlab chiqilgandi. Yil boshidan beri sakkizta mintaqada ana shu bayram tadbirlari yuqori saviyada o'tkazildi. Bugun ikkinchi kundirki, hisob bo'yicha to'qqizinchi hudud - Andijon viloyatida mamlakatimiz futbolining 110 yillik to'yi keng nishonlanyapti.

Zaxiriddin Muhammad Bobur kindik qoni to'kilgan yurtda ilk professional futbol klubi 1956 yilda "Irmash" nomi ostida tashkil etilib, 1964 yilgacha shu nom bilan faoliyat yuritgan. Turli yillarda bu jamoaning nomi "Avtomilchi", "Tekstilchi", "Paxtakor", "Spartak", "Navro'z"ga o'zgarib, bugungi kunda "Andijon" nomi ostida Pro-liga chempionatimizda ishtirok etib kelyapti. O'tgan davr mobaynida Andijon zaminidan taniqli, terma jamoaga nomzod futbolchilar etishib chiqqan.




Andijondagi tadbirlar SHo'rbuloqdagi viloyat futbol akademiyasidan boshlandi. Mezbonlar O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mehmonlarni non-tuz bilan kutib olishdi. Futbolimiz afsonalari Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqov, shuningdek Vyacheslav Tomilin, Orif Mamatkazin, Mahmud Sobirov, Azamat Abduraimov, Furqat Esonboev, Sergey Kovshov, Benyamin Muratov singari faxriylarimiz hamda delegaciya tarkibida Andijonga etib kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlari viloyat futbol akademiyasi bilan yaqindan tanishishdi. Darvoqe, bu erga Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionati sovrindori bo'lgan Alyosha Asanovich ham kelgan. Sobiq taniqli futbolchi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan kechgan suhbatda ularni motivacion so'zlari ilk "siyladi". Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov bolalarni davlatimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanib, yurtiga, xalqiga, oilasiga naf keltiradigan farzandlar bo'lib kamol etishiga undadi. Ravshan Ermatov murabbiylarga o'z ustida ko'proq ishlab, istedodli yoshlarni terma jamoalarga etkazib berishga chorladi.




SHundan so'ng mehmonlar Andijon viloyati hokimi SHuhrabek Abdurahmonov bilan uchrashdilar. Bu paytda SHuhratbek Qo'shaqboevich Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi kutilayotgan yangi obektlar bilan tanishayotgan ekan. SHu boisdan ham viloyat hokimi bilan uchrashuv SHahrixon tumanida bo'lib o'tdi.


Tadbirning ikkinchi kunida O'FA va AFA mutasaddilari hamda OAV vakillari o'zbek futbolining faxriysi, ko'plab futbolchilarning ustozi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Iskandar Galiulin xonadoniga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Iskandar Galiulinning yorqin faoliyati va o'zbek futboliga qo'shgan hissasi eslab o'tildi. Futbol faxriysiga esdalik sovg'alari topshirildi.



SHuningdek Andijon farzandi, viloyat futboli afsonasi, bir nechta futbolchilarning ustozi Muhammadqosim To'xtasinov xonadoniga ham tashrif buyurildi. Uchrashuv davomida Andijon futbolining yorqin tarixi va Muhammadqosim To'xtasinovning viloyat futboliga qo'shgan hissasi eslab o'tildi. Futbolimiz faxriysiga esdalik sovg'alari topshirildi.




Kamoliddin Alimov Andijon viloyatidan maxsus

foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика