Anchelotti: "Dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik"
21 mar 2021 10:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626533_original.jpg)
![](/upload/storage/626533_220.jpg)
Anchelotti: "Dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Angliya Kubogining chorak finalida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Yaxshi natijaga deyarli erishayotgandik. Men baribir jamoam maksimum harakat qilib, oxirigacha kurashgan deb hisoblayman. 80 daqiqa mobaynida nazoratni ushlab turdik. "Siti"ga vaziyatlar yaratishiga yo'l bermayotgandik. Faqatgina standartlardan ular vaziyat yarata olishdi. Bu menimcha normal holat.
Dunyoning eng yaxshi jamoasi bilan tengma-teng o'yin ko'rsatganimizdan mamnunman. Ha, "Siti"ni ayni damda dunyoning eng yaxshi jamoasi deb ayta olaman. Ularning zaxirasi ayni damda eng zo'ri. Bu o'yin biz uchun juda katta tajriba bo'ldi. Bundan afsuslanmaymiz. Afsus "Bernli" va "Fulxem"ga yutqazganimizdan keyin bo'lgandi", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar