Anchelotti: “Xamesning jismoniy holatidan xavotirlanganimda uni emas, Useyn Boltni sotib olgan bo'lardik”
14 sen 2020 07:59
Yangiliklar
Anchelotti: “Xamesning jismoniy holatidan xavotirlanganimda uni emas, Useyn Boltni sotib olgan bo'lardik”
“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL 1-turida “Tottenxem”ga qarshi bahsda debyut qilgan Xames Rodriges haqida gapirdi.
“Xames dunyodagi eng tezkor futbolchi emas, ammo u juda ham sifatli o'yinchi. Biz undan o'zini ko'rsata oladigan darajada foydalanishimiz kerak. U vinger ham emas, biroq Xames hujumga yaqinroq hududda ham to'pni qabul qilish uchun o'ynashi mumkin. U juda xavfli. Uning jismoniy holati meni bezovta qilmaydi. Agar bu meni xavotirga solganida Xamesni emas, balki Useyn Boltni sotib olgan bo'lardik”, — deydi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar