Anchelotti: "Umid qilamanki, Modrich "Barselona"ga qarshi o'ynay oladi"
21 fev 2015 20:29
Yangiliklar


Anchelotti: "Umid qilamanki, Modrich "Barselona"ga qarshi o'ynay oladi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 22 mart kuni "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda Luka Modrichning maydonga tushishiga umid qilmoqda.
"Modrichning holati asta-sekin yaxshilanib bormoqda. Hozircha u jamoa bilan to'liq mashg'ulotlar olib borgani yo'q. Ammo, keyingi haftada u to'liq ishtirok etadi. Umid qilamizki, 22 martgacha u tayyor bo'ladi va "Kamp Nou"da maydonga tusha oladi", - deydi Anchelotti.

Fikrlar