Anchelotti: "Risharlison Evropaning eng yaxshi forvardlaridan biri bo'lishga qodir"
04 mar 2021 18:23
Yangiliklar


Anchelotti: "Risharlison Evropaning eng yaxshi forvardlaridan biri bo'lishga qodir"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Risharlison haqida gapirdi.
"Risharlison zamonaviy hujumchi hisoblanadi, u mashg'ulotlarda juda ko'p ishlaydi. Unda ajoyib jismoniy ko'rsatkichlar bor, bundan tashqari u tez va hujumni aniq tarzda yakunlaydi.
Men Risharlisonni Evropadagi eng yaxshi forvardlardan biri bo'ladi deb hisoblayman. Buning uchun unda barchasi bor", - deydi italiyalik mutaxassis.
23 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar