So’nggi yangiliklar

10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  1 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  1 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  26 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9

Anchelotti "Real"da qoladi: Peresdan oson va to'g'ri qaror (mutolaa uchun) Yangiliklar

Anchelotti "Real"da qoladi: Peresdan oson va to'g'ri qaror (mutolaa uchun)

"Qaymoqranglilar" stabillikni tanlashmoqda.

"Real"ning 2024 yilning 30 iyunda shartnomasi yakunlanadigan Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytirishi avvalo stabillikka urg'u berayotganini anglatadi. Klub bu holatda ishonchga ega bo'lishini biladi. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresning qarori esa tushunarli va tavakkaldan holi.

Mutaxassis "Bernabeu"dagi 4 yil mobaynida chempionlik tituli, ikkita Ispaniya kubogi va ikkita CHempionlar ligasi (klub bayonotida ko'rsatilganidek, shuningdek ko'plab ikkinchi darajali sovrinlar)ni yutdi va joriy mavsum La Ligani yutish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. "Malorka"ga qarshi milliy chempionatning so'nggi o'yinida qozonilgan 1:0 hisobidagi g'alaba "blankos"ga jadvalda yuqorida qolishni taminlaydi.



"Real" shunday murabbiyni saqlab qoldiki, u turli masshtabdagi yulduzlar bilan oson gaplasha oladi, bu o'tgan yillarda Krishtianu Ronaldudan tortib Karim Benzemagacha, hozir esa Vinisius va Toni Kroosgacha ro'y bermoqda. Anchelotti bu masalada o'zining yoshidagi boshqa mutaxassislarga qaraganda ancha yaxshi ishlamoqda. Uning jamoasida norozilar yo'q, barcha uni yaxshi ko'radi va hurmat qiladi.

"Qaymoqranglilar" jamoaning qalbi deb hisoblaydigan va faxr bu bilan ishda qoladigan murabbiyni saqlab qolishdi. U ochiqchasiga o'yinchilari yoki klubni tanqid qilmaydi, shuningdek unga sodiq bo'lgan OAVdagi insonlarni buni qilmaslikka majburlamaydi. U o'zida bori bilan ishlaydi va "klub uni qo'llab-quvvatlamayotganidan" arz qilmaydi. Hatto hozir ham kelajakka ishonchga ega bo'lgan italyan uzoq vaqtga ikki markaziy himoyachisi safdan chiqqan bo'lsa ham rahbariyatga talab qo'ymagan.

Anchelotti jarohatlarga qaramay "Real"ning shu tarkibi bilan uch frontda raqobat qilishini takidlaydi. U bunda markaziy himoyachilar sifatida Nacho (bu oyda 34ga kiradi) va Antonio Ryudigerdan foydalanadi va Orelen CHuameni va Dani Karvaxaldan esa mudofaa markazidagi tajribasizlikka qaramay zaxira varianti sifatida foydalanadi. Karlo o'z ishining katta professionali hisoblanadi, ammo Peres murabbiylik masalasiga bir qarorga kelganda italyanning namunali xodimligi bunga malum darajada tasir qilgandir.

Peres "Real"ni 2006-2009 yillar istisnosi bilan 2000 yildan beri boshqaradi. Florentino barcha kabi xatolarga yo'l qo'ygan, ammo uning "qirollik klubi"dagi eng buyuk prezidentlardan ekanligiga shubha yo'q. Gap faqat Evropa chempionlar ligasidagi oltin kuboklarda emas, balki uning "qaymoqranglilar"dan sport, madaniy va biznes gigand yaratganidir. Va ushbu quvvatga to'la qariya hali to'xtash haqida o'ylamayapti. Peres shov-shuvlarga sabab bo'lgan Superliga tashkilotchilaridan biridir. Ispan UEFA va deyarli butun futbol tizimidan qo'rqmadi.



Ammo, nima bo'lishidan qatiy nazar Peres 76 yoshda. Uning ishtiyoqida pasayish belgilari yo'q, ammo doim ham tavakkal qilish mumkinmas. Anchelottining joriy mavsum so'nggida ketishi murabbiylik masalasida katta noaniqlikni keltirib chiqarardi. Bunday mutaxassisga o'rinbosar topish qiyin masala. Italyanning o'rniga eng ko'p muhokama qilinganlar "Real"ning sobiq o'yinchilari bo'lmish Raul va Xabi Alonso edi. Bunday variant Zinedin Zidan bilan ish berdi, ammo yana omad kulib boqadimi? Bu muhim va ancha noaniq masala.

Alonso shubhasiz qiziqarli tanlov bo'lardi, ammo u futboldagi yondashuvda ham o'zgarishlarni ifodalardi. Aniqrog'i, gap o'sayotgan murabbiyning yondashuvlari ilk kunlardanoq sovrin talab qiladigan klubda ishlashi haqida. U balki tarkibni o'ziga moslab qayta qurishni xohlar, prezident esa muxlislarga sabrli bo'lishni aytib, yosh mutaxassisga vaqt berishga chaqirishi qiyin masala. Peres yosh payti shunday qilishi mumkin edi, ammo bugungi Florentino unaqa emas. "Qaymoqranglilar"ning uzoq yillik etakchisi hozir ortiqcha tavakkalga o'rin yo'q deb hisoblaydi.

SHuningdek, odamlarni boshqarish masalasi juda muhim. Raul ham, Alonso ham super yulduz bo'lishgan, ammo ularning o'zi bunday masshtabdagi o'yinchilar bilan ishlashmagan. Bundesligada nimadir o'xshashni boshlagan payt yosh futbolchilar guruhi (Granit Jaka)ni rejalarga ishontirish boshqa masala. Nimadir o'xshamayotganda Vinisius, Modrich yoki Kroosni ishontirish esa boshqa. Nafaqat o'z o'yinchilari bilan, balki boshqalar bilan ham gaplasha olish kerak. Hech qachon bunday darajada ishlamagan yosh mutaxassidan ko'ra Anchelottidek obro'li murabbiyning Kilian Mbappeni yozda jamoaga o'tishga ko'ndirishi adolatli va to'g'riroqdir.



Karlo shartnoma uzaytirishidan so'ng "Real" uning so'nggi klubi bo'lishini aytdi. Ammo, bu undan so'ng faoliyatini yakunlashini anglatmaydi. Yangi kelishuv yakunlanganidan biroz o'tib 2026 yilgi JCH boshlanadi. Anchelotti Braziliya terma jamoasi mavzusi yana kun tartibiga chiqsa ehtimoliy tayinlanishini o'ylash qiziq bo'lishini aytdi. Balki uni Italiya va hatto uy-joyga ega bo'lgan Kanada taklif etar? Kim biladi deysiz. Mutaxassisda kelajagi haqida o'ylab olish uchun vaqt bor, u hozircha "qirollik klubi"da va hech narsa qaramasdan bor kuchi bilan ishlamoqda.


Footballhd.ru ESPN materiallari asosida tayyorladi. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика