Anchelotti: "Real" barcha sovrinlar uchun kurashadi”
17 jan 2022 09:15
Yangiliklar
Anchelotti: "Real" barcha sovrinlar uchun kurashadi”
“Real” ustozi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Atletik”dek kuchli jamoaga qarshi yana bir yaxshi o'yin o'tkazib, mazkur sovringa loyiqligimizni ko'rsatdik. Vaziyatni nazorat qildik.
Jamoaga qarab, barcha titullar uchun kurashamiz deb o'ylamoqdaman. Qoyilmaqom jamoa, yaxshi muhit, ajoyib daraja, bularning barchasi bizni sovrinlar uchun kurashishga undaydi. Bu “Real” har qanaqasiga o'ynashi mumkin.
G'alabalardan charchamayman. “Bavariya”dagi faoliyatimdan beri hech narsa yutmagandim. Atrofimda quvnoq insonlarni ko'rsam, o'zim ham xursand bo'laman”, deydi italiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar