Anchelotti qiyin g'alabadan so'ng nimalar dedi?
21 sen 2023 09:29
Yangiliklar
Anchelotti qiyin g'alabadan so'ng nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ECHL doirasida "Union Berlin" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Madridliklar 2-taymga qo'shib berilgan 4-daqiqada Jud Bellingemning goli evaziga g'alaba qozonishdi.
"O'yin reja bo'yicha o'tdi: biz to'pni nazorat qildik, raqib esa himoyalandi. Ular bo'sh zonalar qoldirishmadi, ammo biz maqsadimiz sari harakat qildik. Ertaroq ham gol urishimiz mumkin edi, ammo eng asosiysi gol urdik. Biz oxirigacha bor kuchimizni berdik.
Tanaffusda bazi o'zgarishlarni amalga oshirishga to'g'ri keldi. CHunki kam pressing qila boshlagan raqibga qarshi o'ynashga to'g'ri keldi. Raqibda kuch kamaydi va bizda erkin zonalar paydo bo'la boshladi. Gollar borasida quvlashmachoq o'ynashga to'g'ri kelmaganidan xursandman", - dedi "Real" ustozi.
Fikrlar