Anchelotti: "Mart oyida barcha turnirlarda yetakchilik qilyapmiz"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2025, 11:47
"Real" ustozi Karlo Anchelotti jamoaning muvaffaqiyatli natijalaridan mamnun.

"Qiyinchiliklarga qaramay mart oyida barcha turnirlarda yetakchilik qilyapmiz. Bunaqasi oxirgi uch yilda bo'lmagan.

Birinchi mavsum "Atletik" bizni Ispaniya Kubogidan chiqarib yuborgan, ikkinchisida LaLigada ancha orqada qolib ketgan edik... Hozir ilk marotaba uchchala turnirda yetakchimiz. Bizda hammasi yaxshi, ammo bundanda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin" - dedi "Real" ustozi.

Madridlilar 27ta o'yindan so'ng 57 ochko bilan LaLigada yetakchilik qilishmoqda, ammo "Barselona" bitta kam o'yin o'tkazgan.

"Real" Chempionlar ligasi chorak finalida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.

"Qaymoqranglilar" Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk bahsida "Real Sosedad"ni 1:0 hisobida taslim qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana