

Bugun o'yin dinamikasini o'zgartira olmadik, barchasi birinchi o'yinda hal bo'lgan ekan. Rostini aytsam, Arsenal ikkala o'yinda ham g'alaba qozonib, yarim finalga chiqishga haqli edi. Biz oldinga intildik, hujumlar tashki qildik. Biroq bu etarli bo'lmadi.
Endi bor e'tiborimizni La Ligaga qaratamiz. U yerda hali chempionlik uchun imkoniyatimiz bor. Barselona bilan muhim uchrashuv kutib turibdi. Shuningdek, hali Ispaniya kubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'alaba qozonishimiz mumkin. Mag'lubiyatni tezroq esdan chiqarib, olg'a yurishimiz kerak, - dedi Anchelotti.



